17:12 / 08.02.2022
1 257

Poroshenko Putinning Rossiyadan siyosiy boshpana berish haqidagi taklifiga nima dedi?

Poroshenko Putinning Rossiyadan siyosiy boshpana berish haqidagi taklifiga nima dedi?
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ukrainalik siyosatchilar o‘z muammolarini o‘z uyida hal qila olishini tushunishi kerak. Bu haqda Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya rahbarining unga boshpana berish haqidagi taklifiga javoban aytib o‘tdi.

«Vladimir Vladimirovichga (Putinga) bu masalani o‘zimiz, Ukrainada hal qilishimizni tushunishni maslahat beraman. Rossiyaning Ukraina siyosatiga ‘qayg‘urish’ amaliyoti allaqachon, ya’ni men Ukraina prezidenti etib saylangan paytimda to‘xtagan», — deb yozadi Poroshenko o‘zining Telegram-kanalida.

Bundan tashqari, Poroshenko Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni yevropaparast muxolifatni ta’qib qilib, Putinni xursand qilmoqchilikda aybladi. «Men Vladimir Aleksandrovichga (Zelenskiyga) Putinga yoqishni bas qilishni va mamlakat himoyasiga kirishishni, barcha sa’y-harakatlarini aynan shu yerga yo‘naltirishni maslahat beraman», — dedi u.

Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan brifingda Poroshenkoga Rossiyadan siyosiy boshpana berishni taklif qilgandi.

Rossiya yetakchisi sobiq davlat rahbariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni «amaldagi rahbariyatning muvaffaqiyati uchun haddan tashqari talabchanlik» deb atadi va u o‘z taklifini Poroshenko olib borayotgan siyosatni yoqlash uchun emas, balki insonparvarlik nuqtai nazaridan bildirganini ta’kidladi.

Ukrainada sobiq prezident terrorizmni moliyalash va davlatga xiyonat qilish, shuningdek, terrorchilik tashkilotini tuzishda gumon qilinmoqda, u 15 yilgacha qamalishi mumkin.

Tergovga ko‘ra, Poroshenko o‘z lavozimida bo‘lgan vaqtida «Rossiya rahbariyati a’zolari» hamda o‘zini Respublika deb e’lon qilgan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari bilan til biriktirib, Donbassdan ko‘mir eksport qilish sxemasini tashkil qilgan.

Kiyevning Pecherskiy sudi siyosatchiga nisbatan shaxsiy majburiyat ko‘rinishidagi ehtiyot chorasini tanladi, shuningdek, undan chet elga chiqish pasportlarini topshirishni buyurdi. Poroshenko esa o‘z aybini rad etib, ta’qibni siyosiy deb atamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko Putinning Rossiyadan siyosiy boshpana berish haqidagi taklifiga nima dedi?