1 029
Bayden va Shols Ukraina atrofidagi vaziyat, Rossiyani jilovlash va energetika masalalarini muhokama qildi
Foto: AP Photo
AQSH prezidenti Jo Bayden va Germaniya kansleri Olaf Shols 7 yanvar kuni Vashingtonda Ukraina atrofidagi vaziyat, Rossiyani jilovlash va energetika bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib, «TASS» xabar berdi.
«Yetakchilar Rossiyaning Ukraina chegaralari yaqinida davomli qo‘shin to‘plashiga javoban ko‘rilayotgan diplomatik va keskinlikni oldini olish sa’y-harakatlarini muhokama qildi. Ular Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini hamda Rossiyaning energiya resurslaridan qurol sifatida foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini tasdiqladi», — deyiladi Oq uy xabarida.
«Ikki davlat rahbarlari Xitoy muammolari ustida yaqindan ishlashga va g‘arbiy Bolqonda barqarorlik hamda farovonlikni yanada rag‘batlantirishga sodiq», — deya qo‘shimcha qilgan Oq uy matbuot xizmati. Tomonlar bu yil «Yettilik guruh»ga Germaniyaning raislik qilishi masalasiga to‘xtaldi. Bayden Berlin bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash va transatlantik sheriklikni chuqurlashtirish istagini yana bir bor tasdiqladi.
«TASS» xabariga ko‘ra, bir haftadan so‘ng Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashadi. Kreml matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ikki yetakchi o‘rtasidagi muzokaralar 15 fevral kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. Tomonlar birinchi navbatda Ukraina atrofidagi vaziyatni va Rossiyaga G‘arb tomonidan xavfsizlik kafolatlarini berish masalasini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
So‘nggi paytlarda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni quruq va asossiz deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech kimga tahdid solmaydi. Shu bilan birga, Peskov bu kabi bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi va Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch ishlatish bilan hal qilishga urinish eng og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi