
Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov rasmiy Anqaraning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga izoh berdi.
«Zelenskiy bilan uchrashuvga kelsak, buni hech kim rad etgani yo‘q. Agar ushbu uchrashuv mamlakat janubi-sharqidagi vaziyat tugunini yechadigan bo‘lsa, Putin har kim bilan uchrashishga tayyor», — dedi Peskov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday muzokaralarni o‘tkazish uchun uchrashuvdan maqsadni aniqlab olish kerak.
«Avvalo qanday maqsadda, qanday masalalar bo‘yicha va qanday natijaga erishishni mo‘ljallagan holda uchrashuv o‘tkazilishini bilib olish lozim», — dedi Kreml vakili.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vladimir Zelenskiy Putin bilan Turkiyada uchrashishga rozi bo‘lganini aytgandi.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Rossiya va Ukraina yetakchilari uchrashuvini o‘tkazish imkoniyatini taqdim etmoqchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar