Reuters Shimoliy Koreyaning raketa dasturlarini qay tarzda moliyalashtirayotgani haqidagi BMT hisobotini e’lon qildi.
BMT hisobotiga ko‘ra, Shimoliy Koreya 2020 yildan 2021 yil o‘rtalarigacha bo‘lgan oraliqda kiberhujumlar vositasida o‘nlab millionlik kriptovalyuta o‘g‘irlagan va ushbu mablag‘ni raketa dasturini amalga oshirishga sarflagan. Hisobot surishtiruvchilarining ma’lumoti bo‘yicha bu kabi kiberhujumlar Pxenyaning yadro va raketa dasturini moliyalashtirishning muhim hamda asosiy daromad manbalari hisoblanadi.
KXDR xakerlari
Shimoliy Koreya xakerlari Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoda kamida uchta kriptovalyuta birjasiga kiberhujumni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. BMT hisobotida yanvarda kiberxavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi Chainalysis kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvga havola berilgan. Surishtiruv mualliflari 400 million dollarlik raqamli aktivlarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lgan shimoliy koreyalik xakerlar ortida, shubhasiz, davlat turganini qayd etgan.
2019 yildagi BMT hisobotida Shimoliy Koreyaning kiberhujumlar orqali ikki milliardgacha mablag‘ to‘plagani va uni ommaviy qirg‘in quroli dasturini amalga oshirishga sarflagani yozilgandi.
Raketa dasturi
Garchi BMT xavfsizlik kengashi KXDRga yadro va ballistik raketalar sinovlarini o‘tkazishni taqiqlagan bo‘lsa ham, Pxenyan tashkilot hisobotiga ko‘ra o‘z harbiy yadro dasturini amalga oshirishda davom etmoqda. Mamlakat dastur uchun zarur materiallar va texnologiyalarni xorijdan xarid qilmoqda, bunga asosan kiberhujumlardan orttirilgan mablag‘ va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish orqali erishilmoqda.
Bundan tashqari, BMTning sanksiyalarni kuzatuvchi amaldorlari Pxenyanning so‘nggi vaqtlarda raketa sinovlarini amalga oshirishni jadallashtirgani haqida gapirmoqda.
Avval AQSH KXDRning yanvar oyining o‘zida 9 ta raketa sinovini amalga oshirganini ma’lum qilgan.
«KXDR o‘z raketa kuchlarining dengiz yo‘lidagi ixchamligi, tezkorligi va moslashuvchanligi tekshirgan», – deya qayd etgan Shimoliy Koreya hukumatiga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar masalalariga mas’ul BMT vakillari.
Ocharchilik
Kiberhujumlardan tushgan mablag‘lar hisobidan qurollanishni davom ettirayotgan KXDRdagi ijtimoiy vaziyat borgan sari og‘irlashib bormoqda. Hisobot mualliflari bunga Pxenyanning koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralarini yopgani sabab bo‘lganini bildirgan.
BMT hujjatida mamlakat ichidan axborotning tashqariga chiqishi qiyinlashgani tufayli sanksiya qo‘llanilgan KXDR amaldorlariga nisbatan qanday choralar qo‘llanilgani borasida ma’lumotlar topilmagani yozilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"