14:53 / 09.02.2022
3 051

Bayden Britaniya va Fransiya yetakchilari haqida «eshitgan quloqqa yoqmaydigan» gap qildi

Bayden Britaniya va Fransiya yetakchilari haqida «eshitgan quloqqa yoqmaydigan» gap qildi
Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden yopiq majlislar va xos suhbatlarda Yevropa yetakchilari haqida ochiq fikrlar bildirgani oshkor bo‘ldi. Bu haqda NBC telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Oq uy yetakchisi Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson haqida «eshitgan quloqqa yoqmaydigan» gap qilgan. AQSH rahbari ingliz hukumati boshlig‘ini qiziqqon va zardasi qaynab turadigan arbob deb ta’riflagan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron afsonaviy davlat arbobi Sharl de Gollga o‘xshashga intilayotganini qayd etgan.

Bayden Germaniyaning yangi kansleri Olaf Sholsga ham turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan ta’rif bergan: Shols bu – Angela Merkel emas...

AQSH yetakchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «yadro quroli bor-u, lekin do‘stlari yo‘q yigit» deb atagan.

NBC manbalariga ko‘ra, Bayden bugungi Yevropada tanish chehralar (ya’ni maslakdosh siyosatchilar) kamligidan noligan.

So‘nggi paytlarda Rossiyaning Ukrainaga bosqini borasidagi taxminlar xalqaro hamjamiyatni xavotirga solmoqda. Bu borada G‘arb mamlakatlarini yagona to‘xtamga keltirishga uringan Jo Baydenning sa’y-harakatlari to‘liq samara berdi deyish qiyin. Chunki Yevropaning yirik davlatlari sirtdan hamfikr ko‘rinsa-da, Rossiya–Ukraina ixtilofi borasida farqli pozitsiyalarni egallaganini sezish qiyin emas. Tahlilchilarga ko‘ra, prezident Jo Baydenning ittifoqchilariga nisbatan u qadar xush kelmaydigan ta’rif-tavsif berishi zamirida ham o‘zaro til topisha olmaslik nadomati yotibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Britaniya va Fransiya yetakchilari haqida «eshitgan quloqqa yoqmaydigan» gap qildi