14:47 / 10.02.2022
1 094

AQSH toliblar bilan hamkorlik qilishi mumkin

AQSH toliblar bilan hamkorlik qilishi mumkin
Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondagi “ISHID-Xuroson” (ISHIDning Afg‘onistondagi tarmog‘i) guruhiga qarshi kurashda “Tolibon” harakati bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi shtabi boshlig‘i, general-leytenant Maykl Kurilla ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Assoshieyted Press».

Mening shaxsiy fikrim shuki, vatanga tahdidni hisobga olgan holda “ISHID-Xuroson”ni ta’qib qilishda birlashishimiz mumkin bo‘lgan pragmatik misollar bor”, – dedi Kurilla.

U Afg‘onistondagi terrorchilar AQSHda hujumlar uyushtirish rejalarini ishlab chiqayotgani, ammo hozirda bunday operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yo‘qligi haqida aytib o‘tdi. Kurillaga ko‘ra, “ISHID-Xuroson” Afg‘onistonda o‘z kuchlarini qayta to‘plamoqda.

Eslatib o‘tamiz, “ISHID-Xuroson” 2015 yilda paydo bo‘lganidan beri “Tolibon”ga qarshi kurashib keladi. O‘tgan yilning avgust oyida xorijiy qo‘shinlar olib chiqib ketilganidan keyin guruh Afg‘onistonning turli viloyatlarida teraktlar uyushtirib, yana toliblarga hujum qila boshladi. BMTning o‘tgan yil noyabr oyidagi ma’lumotiga ko‘ra, terrorchi guruh Afg‘onistonning deyarli barcha hududlarida mavjud.

7 fevral kuni AQSH “ISHID-Xuroson” yetakchisi Sanaulloh G‘ofariyni yo‘q qilish yoki qo‘lga olishda yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollar mukofot e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH toliblar bilan hamkorlik qilishi mumkin