23:01 / 11.02.2022
2 267

Putin Makron bilan yuzma-yuz suhbatda o‘zini qanday tutgani ma’lum qilindi

Putin Makron bilan yuzma-yuz suhbatda o‘zini qanday tutgani ma’lum qilindi
Foto: Reuters
Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvning asosiy vaqtini Rossiyaning G‘arbga nisbatan e’tirozlarini gapirish bilan o‘tkazdi, deb yozadi Reuters o‘z manbalariga tayanib.

«Putin unga besh soatlik tarixiy revizionizmni taqdim etdi», — degan Reuters suhbatdoshlaridan biri.

Vladimir Putin va Emmanuel Makron uchrashuvi yuzma-yuz, birgina tarjimon guvohligida bo‘lib o‘tgandi.

Ikkinchi suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, Makron muzokaralardan so‘ng atrofidagilarga Putin 2019 yildagi uchrashuvdagiga nisbatan «keskinroq va tarixni ko‘p gapiradigan» bo‘lib qolgandek tuyulganini aytgan.

Reuters suhbatdoshlarining aytishicha, Putin uchrashuv davomida Makronga G‘arb NATOni sobiq ittifoq davlatlari hisobiga kengaytirishni boshlab, Rossiya oldidagi majburiyatlarini buzganini ta’kidlagan.

Putin suhbat davomida 1997 yildagi voqealar - Polsha, Vengriya va Chexiya alyansga kirish uchun taklif olganini bir necha marta gapirgan. U G‘arb va’dasini buzib, xiyonat qilganini bildirgan.

Shuningdek, Vladimir Putin Ukraina tarixiga to‘xtalgan. U 2014 yildagi voqealarni davlat to‘ntarishi deb atagan. Vladimir Zelenskiyni esa «AQSH tomonidan nazorat qilinadi» degan, deb yozadi agentlik.

Makron va Putin o‘rtasidagi muzokaralar 7 fevral kuni Moskvada bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar besh soatdan ortiq davom etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Makron bilan yuzma-yuz suhbatda o‘zini qanday tutgani ma’lum qilindi