11:46 / 14.02.2022
2 688

«Tolibon» O‘zbekiston va Tojikiston chegarasiga 10 ming kishilik armiyani yuboradi

«Tolibon» O‘zbekiston va Tojikiston chegarasiga 10 ming kishilik armiyani yuboradi
Foto: AP Photo
«Tolibon» harakati Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan viloyatlariga zamonaviy qurol hamda texnika bilan qurollangan 10 ming harbiysini yubormoqda. Bu haqda «Tolibon» Qurolli Kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Qori Fassihuddin Fitrat ma’lum qildi, deb xabar beradi «Interfaks».

«Mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlariga joylashtirilgan, NATO va AQSHning eng zamonaviy texnikalari bilan qurollangan 10 ming kishilik armiya har qanday qurolli harakatga qarshi chora ko‘radi», — deb yozadi Fitrat Twitter’dagi sahifasiga.

«Tolibon» vakilining qo‘shimcha qilishicha, qisqa muddatlarda jangovar samolyotlar ham tayyor bo‘ladi va ushbu kuchlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Afg‘onistonning shimolida joylashgan Balx viloyati O‘zbekiston bilan, Qunduz, Toxar va Badaxshon viloyatlari esa Tojikiston bilan chegaradosh.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil avgust oyida hokimiyatni egallagan «Tolibon» harakatining yuqori lavozimli a’zosi Vahidulla Hoshimiy Afg‘oniston demokratik davlatga aylanmasligi, unda shariat qonunlari amal qilishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda hokimiyat tuzilmasi «Tolibon» hukmronligining avvalgi davri: 1996—2001 yillardagi davlat tuzilishiga o‘xshash bo‘ladi.

Sentabr o‘rtalarida «Tolibon» Ayollar masalalari bo‘yicha vazirlikni tugatib, uning o‘rniga Saxovatni targ‘ib qilish va illatlarni yo‘qotish vazirligini tuzgani, dekabr oyida Afg‘oniston milliy armiyasini shakllantirishga kirishgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» O‘zbekiston va Tojikiston chegarasiga 10 ming kishilik armiyani yuboradi