11 fevral kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbuldagi «Vahdetdin» qarorgohida Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi a’zolarini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Senatining matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.
Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashining a’zosi Baxtiyor Sayfullayev dastlab Turkiya rahbarining salomatligi tiklanganidan xursandligini bildirib, shaxsan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya rahbari Rajab Erdo‘g‘on o‘rtasidagi samimiy munosabatlar O‘zbekiston va Turkiya davlatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar tiklanishiga poydevor bo‘lganini bildirgan.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining siyosiy irodasi tufayli nafaqat Markaziy Osiyoda muhit tamoman yangilanib, yaxshi qo‘shnichilik aloqalari tiklangani, balki Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bilan mustahkam birodarlik rishtalari bog‘lagani, tashkilotning to‘laqonli faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganiga urg‘u bergan. Bu fikrni Erdo‘g‘on qo‘llab-quvvatlab, 2022 yilning mart oyi oxirlarida Toshkentga borishni rejalashtirayotgani, kuzda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti ushbu Tashkilot faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonishini bildirgan.
«So‘zim yakunida Inim Shavkatbey Mirziyoyev Janobi Oliylariga samimiy salomlarim va ezgu tilaklarimni yetkazishingizni so‘rayman», — degan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning 12 noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etgandi. O‘shanda Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqining avvalida O‘zbekiston Turkiy Kengash nomini «Turkiy davlatlar tashkiloti» deb o‘zgartirish hamda Turkmanistonga tashkilotda kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risidagi tarixiy qarorlarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan edi. Sammit yakunida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi