AQSH Ukrainadagi elchixonasini vaqtincha Kiyevdan Lvovga ko‘chiradi. Bu haqda davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.
Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar Ukrainadagi eskalatsiyani yumshatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarishda, shuningdek, mamlakat rasmiylari bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.
The Wall Street Journal’ning yozishicha, ko‘chish munosabati bilan Kiyevdagi diplomatik missiya binosidagi kompyuterlar va tarmoq apparatlari yo‘q qilinadi. Avvalroq elchixonadagi maxfiy hujjatlar Vashingtonga olib ketilgandi.
Davlat departamenti 12 fevral kuni o‘ta muhim funksiyalarni bajarmaydigan diplomatlardan Ukrainani tark etishni talab qilgandi. O‘shanda idora Kiyevda qoladigan xodimlar ishlashda davom etishini bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda