15:00 / 15.02.2022
1 223

Peskov: «Putin Ukraina masalasida muzokaralarga tayyor»

Peskov: «Putin Ukraina masalasida muzokaralarga tayyor»
Foto: «TASS»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha «muzokaralarga tayyor». Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi «RBK».

«Prezident Putin doimo muzokaralar va diplomatiyani talab qilib kelgan», — deydi Peskov.

U aynan Rossiya prezidenti xavfsizlik kafolatini muhokama qilish tashabbusini ilgari surganini eslatib o‘tgan. «Ukraina — bu muammoning bir qismi, xolos, bu Rossiya uchun xavfsizlik kafolatlari muammosining bir qismi, albatta, prezident Putin muzokaralarda ishtirok etishga tayyor», — deya ta’kidlagan Peskov.

Avvalroq prezident matbuot kotibi Rossiya G‘arb davlatlari bilan hamkorlik qilishdan, jumladan, xavfsizlik masalalarida ham manfaatdor ekanini ma’lum qilgandi. Peskov ushbu qiziqishni o‘zaro manfaatli emas deb atab, bu holda Moskva «boshqa qanotda muloqot qilish orqali» hamkorlikni kengaytirishini qayd etgan.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va NATO taklif qilayotgan xavfsizlik kafolatlariga javob berish o‘rniga, Rossiya uchun eng muhim muammolarni tushunishdan qochishga harakat qilmoqda. «Xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob o‘lmadik», — deya tushuntiradi u.

13 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Jo Bayden telefon orqali muloqot qilgandi. Suhbat bir soatdan ko‘proq davom etgan. Suhbat chog‘ida Bayden Vashington Ukraina atrofidagi keskinlikni diplomatik yo‘l bilan tartibga solishga ham, «boshqa ssenariylarga» ham tayyor ekanini aytgan.

AQSH prezidenti Ukrainaga bosqin yuz bergan taqdirda, Rossiya «zudlik bilan va og‘ir» oqibatlarga duch kelishini, mamlakatning jahon minbaridagi mavqeyiga putur yetishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov: «Putin Ukraina masalasida muzokaralarga tayyor»