11:30 / 16.02.2022
1 152

Ukraina katta miqyosdagi DDoS-hujumlar kuzatilganini e’lon qildi

Ukraina katta miqyosdagi DDoS-hujumlar kuzatilganini e’lon qildi
Ukrainada turli davlat idoralari va katta banklarining saytlari faoliyatida bir necha soat davomida uzilish hamda to‘xtalishlar kuzatilgan. Bu haqda Ukraina axborot xavfsizligi markazi xabar qilgan.

Quyidagi saytlar faoliyatida uzilishlar kuzatilgan:
- Ichki ishlar vazirligi;
- Ukraina Qurolli kuchlari;
- Ukraina madaniyat va axborot siyosati vazirligi;
- «Privatbank»ning mobil ilovasi;
- «Oshadbank»ning mobil ilovasi.

Mamlakatdagi Axborot xavfsizligi markazi banklar va davlat tuzilmalarining saytlariga amalga oshirilgan DDoS-hujumlar ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

Foto: Tjournal
«Privatbank»ning ayrim foydalanuvchilari mobil ilovaga kira olmayapti, boshqalar esa garchi bank hisob raqamidagi mablag‘lar va oxirgi tranzaksiyalar haqidagi ma’lumotlar ko‘rinmayapti. Investorlarning mablag‘lariga xavf yo‘q, qolgan moliyaviy operatsiyalar ham odatiy tartibda amalga oshirilmoqda. Xaker kichik nosozliklarni yuzaga keltirish taktikasini qo‘llagan, sababi katta tajovuzkor rejalarni amalga oshirish imkonsiz, deyiladi Ukraina axborot xavfsizligi markazining xabarida.

«Privatbank»ning matbuot kotibi Oleg Serga mutaxassislar servislarni tiklash va nosozliklarni bartaraf qilish yuzasidan texnik ishlarni amalga oshirayotganini qayd etgan.

«Rostan ham «Privat24» ilovasidan foydalanishda muammolar kuzatilgan, mijozlarning avtorizatsiyasida muammolar mavjud. Ularni bartaraf etish yuzasidan mutaxassislar tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda. Ular servislar faoliyatini yaqin vaqt ichida qayta tiklashiga umid qilamiz. Ayni vaqtda uzilishlar sababiga aniqlik kirityapmiz va bu haqida alohida xabar beramiz», – degan bank vakili.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina katta miqyosdagi DDoS-hujumlar kuzatilganini e’lon qildi