17:28 / 16.02.2022
2 909

Kreml Baydenning rossiyaliklarga murojaatiga javob qaytardi

Kreml Baydenning rossiyaliklarga murojaatiga javob qaytardi
Foto: Alex Wong / Getty Images
Avvalroq Bayden rossiyaliklarga murojaat bilan chiqib, AQSH, NATO yoki Ukrainadan qo‘rqishi kerak emasligini aytgan, Rossiya va Ukraina xalqlari umumiy tarixga egaligi va o‘zaro «qonli» urushga kirishmasligi kerakligini qayd etgandi.

AQSH prezidenti Jo Baydenning rossiyaliklar dushman emasligi to‘g‘risidagi so‘zlarini olqishlash mumkin, dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Ammo Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Amerika rahbari Rossiyaga tahdid qilmaganida uning chiqishi Rossiya xalqiga yanada ko‘proq manzur bo‘lgan bo‘lardi.

Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Bayden rossiyaliklarga emas, ukrainaliklarga murojaat qilganida bundan ham yaxshiroq bo‘lardi.

16 fevral kuni Jo Bayden rossiyaliklarga murojaat qildi. «AQSH ham, NATO ham Rossiya uchun xavf solmayapti. Bizning harakatlarimiz Rossiya fuqarolariga qarshi qaratilmagan, Rossiyani beqarorlashtirishga urinmayapmiz. Rossiya fuqarolari, siz bizga dushman emassiz», dedi Oq uy rahbari o‘z chiqishida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kreml Baydenning rossiyaliklarga murojaatiga javob qaytardi