
Foto: EPA
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan «istalgan shaklda» uchrashishga tayyor. U bu haqda jurnalistlar bilan suhbat davomida aytdi.
Zelenskiy «to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga ikki yarim yildan buyon tayyor»ligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, har safar «Rossiya deeskalatsiya to‘g‘risida gaplashishga tayyorligini bildirganida», Kiyev Moskvaga uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha so‘rov yuboradi.
«Ammo aslida ular biz bilan gaplashishga tayyor emas», dedi Ukraina prezidenti.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vladimir Zelenskiy Turkiya hududida Vladimir Putin bilan uchrashishga rozi bo‘lganini aytgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar