Foto: «Riafan.ru»
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Maxsus monitoring missiyasi 16 fevral kechasi — 17 fevral tongida Ukraina sharqidagi to‘qnashuv chizig‘i yaqinida 500 ga yaqin portlashni qayd etdi. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida missiya rahbari Yashar Xalit Chevik ma’lum qildi, deb xabar beradi «Interfaks».
Kuzatuvchilar 16 fevral oqshomidan 17 fevral Kiyev vaqti bilan soat 11:20 ga qadar 500 ga yaqin portlashni sanagan. Shundan so‘ng, to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab yana 30 ga yaqin portlash qayd etilgan. «Shu sababli keskinlik kamaygandek ko‘rinishi mumkin», — degan Chevik.
Qayd etilgan umumiy portlashlar soni bundan oldingi kunlardagi portlashlar sonidan bir necha barobar ko‘p. Xususan, 15 fevral kuni bir sutka davomida Donbassda 76 ta portlash qayd etilgandi.
Maxsus monitoring missiyasi rahbarining ma’lum qilishicha, YEXHT kuzatuvchilari tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilishga chaqirgan. «Vaziyat yanada yomonlashmasligi uchun zudlik bilan deyeskalatsiyani osonlashtirish juda muhim», — deya qo‘shimcha qiladi Chevik.
17 fevral tongida o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donbass respublikalari va Ukraina harbiylari bir-birini o‘t ochishda ayblagan.
AQSH ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina chegarasiga 150 mingga yaqin harbiylarni to‘plagan. AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 17 fevral kuni o‘tkazilgan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiya Ukrainaga yaqin kunlarda hujum qilishga hozirlik ko‘rayotgani va hozirda «hujum uchun sabab» tayyorlayotganini ma’lum qilgan. Rossiya hukumati Ukrainaga hujum uyushtirishi mumkinligini rad etib, qo‘shinlarning ko‘chirilishini mashg‘ulotlar bilan izohlamoqda. 16 fevral kuni Rossiya Qurolli kuchlarining Janubiy harbiy okrug bo‘linmalari Qrimda joylashgan poligonlardagi taktik mashg‘ulotlar yakunlangach yarim orolni tark etdi. 17 fevral kuni esa G‘arbiy harbiy okrugining tank armiyasi bo‘linmalari va moddiy-texnik ta’minot brigadalari mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng doimiy joylashish punktlariga yo‘l olgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi