12:23 / 18.02.2022
1 428

Vladimir Zelenskiy Rossiya va AQSHdan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qildi

Vladimir Zelenskiy Rossiya va AQSHdan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qildi
Foto: Reuters
Ukraina NATOga a’zo bo‘lish yo‘lidan bormoqda va bu amalga oshgunga qadar mamlakat Rossiya va AQSHdan NATOga a’zo boshqa davlatlarga taklif qilinganidan kam bo‘lmagan kafolat tizimini olishi kerak. Bu haqda Vladimir Zelenskiy «RBK-Ukraina» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Biz alyansga a’zo bo‘lish yo‘lida ekanligimiz haqida gapirib kelyapmiz. NATO — aslini olganda, bugungi kunda Ukraina qo‘shilishi mumkin bo‘lgan mavjud xavfsizlik alyanslarining yagonasi. U yerda biz uchun ochiq eshiklar pozitsiyasi mavjud. Ammo bu yo‘l orasidagi masofa uzoq — yillar va oylar, ayniqsa, eskalatsiya amalga oshsa», — deydi Ukraina prezidenti.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Rossiya imzolaydigan «global hujjat»ni qabul qilish zarur. «Dunyoning qudratlilari, jumladan, Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘tiradi va imzolaydi, ya’ni shunday yo‘l borligini. Ammo u yerda mamlakatimiz xavfsizligi uchun to‘rt-beshta band bo‘lishi kerak. Shunda bu suhbat bo‘ladi» — deydi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy Ukraina armiyasini moliyalashtirish va energetika xavfsizligini xavfsizlik kafolatlariga misol sifatida eslatib o‘tgan. U Ukrainaga o‘z hududida «o‘zgalar bayrog‘ini ko‘tarib olgan harbiylar» kerak emasligini ta’kidlagan. «Biz Rossiyaga bu yerda bazalari borligi va ularni himoya qilishini aytishi uchun ortiqcha sabab qoldirmoqchi emasmiz», — deydi u.

Rossiya Yevropada xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflarini 2021 yilning dekabrida taqdim etgandi. Yanvar oyida AQSH va NATO Rossiya tomoniga javob yubordi, Vashington ushbu hujjatlarni oshkor qilmaslikni so‘radi. Davlat departamenti va alyans vakillarining bayonotlarida ular qurol nazorati, shaffoflikni oshirish va xavflarni kamaytirish bo‘yicha muloqotdan manfaatdor ekani ko‘rinib turardi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Rossiyaning asosiy talablari «e’tiborga olinmaganini» aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Zelenskiy Rossiya va AQSHdan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qildi