Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga uchrashishni taklif qildi. U bu taklifni Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada bildirdi.
"Men Rossiya prezidenti nima xohlayotganini bilmayman, shuning uchun uchrashishni taklif qilaman", – dedi Zelenskiy.
U shuningdek, Ukraina urushni tugatish uchun istalgan shaklda va istalgan joyda muzokara o‘tkazishga tayyorligini aytdi.
"Parij, Berlin, Minsk, Istanbul, Jeneva, Bryussel, Nyu-York yoki Pekin – menga Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha dunyoning qaysi nuqtasida kelishishning farqi yo‘q. To‘rtta, yettita yoki yuzta mamlakat ishtirok etishi ham ahamiyatsiz – asosiysi, ular orasida Ukraina va Rossiya bo‘lishi kerak", – dedi Ukraina rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik nafaqat Ukraina, balki butun dunyoga kerak.
"Hech kim Ukrainani G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi qulay va "abadiy" bufer deb o‘ylamaydi degan umiddaman. Bu hech qachon bo‘lmaydi, bunga hech kim yo‘l qo‘ymaydi", – dedi Zelenskiy. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi