1 311
Ukraina mudofaa vaziri: Rossiyaga evakuatsiya qilingan Donbass aholisi o‘z uylariga qaytmoqda
Foto: Reuters
Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov «1+1» telekanaliga bergan intervyusida Donbassdan Rossiyaga evakuatsiya qilingan fuqarolar mustaqil ravishda uylariga qaytayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu aholini Rossiyada «hech kim boqmaydi va boshpana bermaydi».
Vazir Rossiya OAVlarining Donetsk va Lugansk xalq respublikalaridagi Ukraina fuqarolari ommaviy ravishda ko‘chirilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarini «maynavozchilik» deb atagan.
«Ular bir necha ming kishini namoyishkorona olib chiqdi. Hozirda razvedkamizning aniq ma’lumotlariga ko‘ra, odamlar o‘z uylariga mustaqil ravishda qaytmoqda. U yerda fuqarolarni hech kim boqmaydi, boshpana bermaydi. Bu ‘Mosfilm’ yoki ularda kino bilan shug‘ullanuvchilar uchun haqiqiy ‘postanovka’», — deydi Reznikov.
Shuningdek, Ukraina mudofaa vaziri Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi «ertaga yoki indin» sodir bo‘lishi mumkinligi haqida gapirishni noo‘rin deb hisoblaydi. «Hozircha Rossiyaning zarba beruvchi kuchlari Ukrainani o‘rab olgan biron bir joyda hali shakllantirilmagan. Shu sabab erta-indin hujum bo‘lishi haqida gapirish, menimcha, noo‘rin. Ammo bu xavf kam yoki tahdid yo‘qligini anglatmaydi», — deydi vazir.
Reznikovning qayd etishicha, Ukraina 22 fevral kuni Rossiya Davlat dumasida ko‘rib chiqiladigan Ukraina masalasini diqqat bilan kuzatib boradi.
«Kelinglar, 22-sanani ko‘ramiz, u yerda shomonlarga xos voqea sodir bo‘ladi, ular childirmalari bilan to‘planib, balki biror qiziqarli ahmoqona qaror qabul qiladi. Biroq o‘ylashimcha, ushbu qaror Rossiya tomonidan Minsk kelishuvlaridan voz kechishga olib keladi. Biz buni kuzatib boramiz», — deya ta’kidlaydi vazir.
18 fevral kuni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXR rasmiylari Ukraina atrofidagi eskalatsiya inqirozi fonida fuqarolar Rossiyaga evakuatsiya qilinishini e’lon qilgandi. Bir qator OAVlar DXR aholisi respublika hududidan avtobuslarda olib chiqib ketilayotgani haqida yozgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi