09:19 / 22.02.2022
1 109

Putin Donbass va Lugansk Xalq Respublikalari mustaqilligini tan oldi

Putin Donbass va Lugansk Xalq Respublikalari mustaqilligini tan oldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan chegaralardagi vaziyat yuzasidan xalqqa murojaat yo‘lladi.

Putin o‘z murojaati davomida Ukrainaning Rossiya uchun shunchaki qo‘shni davlat emasligi, balki mamlakat tarixining bir qismiga aylanganini ta’kidlagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy Ukrainaga Lenin asos solgan, ushbu mamlakat hududi Rossiya imperiyasidan SSSRga o‘tgan, keyinchalik ittifoq parchalangach, uning boyliklari talon-toroj qilingan.

«Ukrainada korrupsiya avvalgidan ham yaxshiroq gurkiramoqda, kommunal to‘lovlarning narxlari oshgan, ayrimlarda ularni to‘lash uchun mablag‘ yetishmayapti», — deya qayd etgan o‘z murojaatida Putin.

Shuningdek, u AQSH elchixonasi Yevromaydonni qo‘llab-quvvatlash uchun kuniga bir million dollar mablag‘ sarflagani, Ukraina qurolli kuchlari NATO tomonidan boshqarilayotganini ta’kidladi.

«Ukrainaning o‘z yadro qurolini yaratmoqchi ekanligi shunchaki aytilgan gap emas, ularda Sobiq ittifoq davridan qolgan imkoniyatlar mavjud. Ukrainaning NATOga kirishi Rossiya uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid bo‘ladi», — degan Rossiya prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qrimliklar va sevastopolliklar 2014 yilda NATOning Qrimda o‘z infratuzilmasini kengaytirish borasidagi rejalarini barbod qilgan.

«Bizni NATOning tinchliksevar va mudofaa ittifoqi ekanligiga ishontirishga urinishmoqda. Lekin bu kabi so‘zlar ortida nima yotganini bilamiz. 1945 yil va Germaniyaning bo‘linib ketganini eslashning o‘zi kifoya qiladi. Ukrainaning NATOga hozir qo‘shilishi yoki bu ishning keyinroq sodir bo‘lishi Rossiya uchun hech narsani o‘zgartirmaydi», – degan Putin.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, u bu haqda birinchi marta gapirmoqda: 2000 yilda u o‘sha vaqtda AQSH prezidenti bo‘lgan Bill Klintondan Vashington Rossiyaning NATOga kirishiga qanday munosabat bildirishi haqida so‘ragan va Klinton ushbu taklifga ancha bosiq reaksiya bildirgan.

«G‘arb biz bilan do‘st bo‘lishni istamasa, dushmanlik siyosatini olib borishning nima keragi bor? Javob oddiy: AQSH sayyoramizda Rossiyadek mustaqil va katta mamlakatning borligiga chidab tura olmaydi», – deya qayd etgan Putin.

U so‘zini davom ettirib NATOning kengayish tarixi va tashkilotning Rossiyaga tug‘dirayotgan xavfiga to‘xtaldi. NATOning asosiy raqibi Rossiya ekani, u ruslarga qarshi ishlatadigan qurol esa Ukraina bo‘lishini taxmin qildi.

Alyansda Rossiyaning xavfsizlik borasidagi xavotirlariga ochiqchasiga tupurib qo‘yishgani, biroq Moskva ham bunga xotirjam qarab turmasligini va’da qildi.

«Tupurdik ularga. Ular ham it hurar, karvon o‘tar maqoliga mos ish qilishadi, deb o‘ylayman», — degan Putin.

Putinning ta’kidlashicha, hozir yuzaga kelgan vaziyatda Rossiya o‘z daxlsizligini saqlash uchun javob choralarini ko‘rish huquqiga ega. Shuningdek, u Ukraina rahbariyati emas, balki mamlakatda «tepada o‘tirganlar» Donbassda 2014–2015 yillarda kuzatilgan notinchlikni qaytadan boshlashga urinadi, Donbass blokadasi to‘xtamaydi va buning oxiri yoki chegarasi yo‘q. G‘arb esa davom etayotgan genotsidning to‘xtamasligini yoqlab chiqadi va bundan manfaatdor, deb hisoblaydi Putin.

«Zudlik bilan DXR va LXR suverenitetini tan olishga chaqiraman. Rossiya Federatsiyasi kengashidan qarorimni qo‘llab-quvvatlash va do‘stlik hamda hamkorlik masalalaridagi shartnomalarni ratifikatsiya qilishni so‘rayman. Hujjatlar yaqin vaqt ichida tayyorlanadi va imzolanadi» – degan Putin.

Rossiya prezidenti onlayn efir vaqtida ikki respublika mustaqilligini tan olish yuzasidan hujjatlarni imzolagan. DXR hamda LXR rahbarlari Pasenchik va Pushilin ham Rossiya bilan munosabatlar to‘g‘risidagi kelishuvlarni tasdiqlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Donbass va Lugansk Xalq Respublikalari mustaqilligini tan oldi