10:30 / 22.02.2022
1 140

Bayden Donetsk va Luganskka qarshi sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Bayden Donetsk va Luganskka qarshi sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Donetsk hamda Lugansk xalq respublikalariga nisbatan sanksiyalarni qo‘llash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy saytida e’lon qilindi. 21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXRning mustaqilligini tan olgandi.

Hujjat bilan AQSH fuqarolariga DXR va LXR iqtisodiyotiga har qanday investitsiyalarni kiritish, Qo‘shma Shtatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita respublikalardan har qanday tovarlar va texnologiyalarni olib kirish, AQSHdan DXR va LXRga har qanday tovarlarni eksport qilishni taqiqlandi.

Farmonda ta’kidlanishicha, Moskva tomonidan respublikalarning tan olinishi «Rossiyaning Minsk kelishuvlarida belgilangan majburiyatlariga» mos kelmaydi, shuningdek, Ukraina suvereniteti, barqarorligi va tinchligiga tahdid uyg‘otadi. Shu bilan birga, u «AQSH milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga noodatiy hamda favqulodda tahdidni ifodalaydi», deyiladi hujjatda.

Oq uy oldinroq mazkur farmon tayyorlanayotganini e’lon qilgandi. Bayonotda, shuningdek, Vashington «Rossiya o‘zining xalqaro majburiyatlarini buzgani sababli qo‘shimcha choralar»ni e’lon qilmoqchiligi aytilgan edi. «Aniqlik uchun: ushbu chora-tadbirlar alohida bo‘lib, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda ittifoqdoshlarimiz va hamkorlarimiz bilan birgalikda tayyorlayotgan jadal va qattiq iqtisodiy choralarni to‘ldiradi», deyiladi bayonotda.

AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, DXR va LXRga investitsiyalar kiritilishini taqiqlash Rossiyaga respublikalarni tan olishdan foyda ko‘rishiga xalaqit berishdan iborat. Sanksiyalar Ukraina yoki uning xalqiga qaratilmagan.

Blinken, shuningdek, AQSH Moskvaning qarorini keskin qoralashini qayd etib, bu kabi qadam Rossiyaning Minsk kelishuvlaridagi majburiyatlaridan «to‘liq voz kechganini» anglatadi deb hisoblaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Donetsk va Luganskka qarshi sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi