Foto: «Kremlin.ru»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarini tan olish to‘g‘risidagi qarorni Suriya, Janubiy Osetiya va Abxaziya qo‘llab-quvvatladi, deb xabar beradi «Rossiyskaya gazeta».
Xususan, Rossiya Davlat dumasi Mudofaa qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Dmitriy Sablin Suriya prezidenti Bashar Asad u bilan suhbatda DXR va LXRni tan olishga tayyorligini bildirganini ma’lum qilgan.
«Kutilayotgan, asosli va o‘rinli qaror», degan Janubiy Osetiya hamda Abxaziya DXR va LXRning tan olinishi haqida. «Mulohazakorlik g‘alaba qozonishiga umid qilib, Rossiya aql bovar qilmas sabr va chidamlilikni ko‘rsatdi. Ushbu umidlar Ukraina rahbariyatining harakatlari bilan puchga chiqarildi», — deydi Janubiy Osetiya rahbarining matbuot xizmati xabarida.
Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya esa Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qarorini olqishlab, uni «adolatli va geosiyosiy voqelikni adekvat baholashga asoslangan», deb atagan.
Bundan tashqari, DXR va LXRni tan olish to‘g‘risidagi qaror Yamandagi xusiylar rahbariyati tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Harakat bayonotida ta’kidlanishicha, ular «Donetsk va Luganskni mustaqil respublikalar sifatida tan olinishini qo‘llab-quvvatlaydi».
Putin 21 fevral kuni DXR va LXR mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Hujjatlarga, shuningdek, respublikalar yetakchilari Denis Pushulin va Leonid Pasechnik imzo qo‘ygan. Bundan oldin Putin murojaat bilan chiqib, Donetskdagi vaziyat keskin tus olganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, u Ukrainani «qo‘g‘irchoq rejimga ega mustamlaka» deb atagan va rasmiylarni aholini russizlashtirish hamda fuqarolarga nisbatan repressiyalarda ayblagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi