Foto: «TASS»
O‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining xalq kengashlari Rossiya bilan do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qildi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.
Ratifikatsiya to‘g‘risidagi qarorlar DXR va LXR parlamentlarida bir ovozdan qabul qilingan.
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin DXR va LXRning mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzolagan edi, shuningdek, Davlat Dumasiga bir tomondan Rossiya va ikkinchi tomondan DXR/LXR respublikalari o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini kiritgan edi.
Davlat Dumasi va Federatsiya Kengashi 22 fevral kuni Lugansk va Donetsk xalq respublikalari mustaqilligini tan olishni ma’qullashi hamda do‘stlik va hamkorlik shartnomalarini ratifikatsiya qilishi kutilmoqda.
Vaziyatning keskinlashuvi fonida Donetsk Xalq Respublikasi 1995–2004 yillarda tug‘ilgan fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirmoqda, tegishli farmonni DXR rahbari Denis Pushilin imzoladi.
«1995–2004 yillarda tug‘ilgan, zaxirada bo‘lmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilsin», — deyiladi 22 fevral kuni DXR rahbarining rasmiy saytida e’lon qilingan farmonda.
Bundan tashqari, farmon 55 yoshdan oshgan erkaklarni ixtiyoriy ravishda xizmatga olish imkonini beradi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining maxsus kuzatuv missiyasi so‘nggi kunlarda Donbassda o‘t ochish intensivligi keskin oshganini qayd etdi. Mintaqadagi keskinlikning kuchayishi fonida DXR va LXR hukumati ayollar va bolalarni Rossiyaning Rostov viloyatiga evakuatsiya qilishni boshladi. Shuningdek, respublikalarda umumiy safarbarlik e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi