11:03 / 23.02.2022
1 126

Zelenskiy zaxiradagi harbiy xizmatchilar uchun chaqiriq e’lon qildi

Zelenskiy zaxiradagi harbiy xizmatchilar uchun chaqiriq e’lon qildi
Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda umumiy safarbarlikka zarurat hozircha yo‘qligini ma’lum qildi va zaxiradagi harbiy xizmatchilar uchun chaqiriq to‘g‘risida farmon chiqardi. Bu haqda u “Feysbuk”da e’lon qilgan videomurojaatida aytib o‘tdi.

Bugungi kunda umumiy safarbarlikka ehtiyoj yo‘q. Biz tezda Ukraina armiyasi va boshqa harbiy tuzilmalarni to‘ldirishimiz kerak. Men, Ukraina Qurolli kuchlari oliy bosh qo‘mondoni sifatida, maxsus muddatga zaxiradagi harbiy xizmatchilar uchun chaqiriq to‘g‘risida farmon chiqardim”, dedi u.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, gap faqat operativ zaxiraga olingan fuqarolar haqida ketmoqda.

Zelenskiy shuningdek, mahalliy biznesni rag‘batlantirish va soliq yukini kamaytirishni o‘z ichiga olgan «iqtisodiy vatanparvarlik» dasturi boshlanganini e’lon qildi. Bundan tashqari, prezident ukrainalik siyosatchilarni «ambitsiyalardan voz kechishga» va mamlakat manfaati uchun birlashishga chaqirdi.

21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining mustaqilligini tan olish haqidagi farmonlarni imzoladi.

Shundan so‘ng, 22 fevralga o‘tar kechasi Vladimir Zelenskiy televideniye orqali murojaat qildi. U Rossiyaning harakatlarini Ukraina suverenitetini buzish va Minsk kelishuvlaridan bir tomonlama chiqish deb atadi, shuningdek, Ukraina mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Zelenskiy Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqchi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy zaxiradagi harbiy xizmatchilar uchun chaqiriq e’lon qildi