Foto: Madina xalqaro aeroporti terminali / Foto: Urdu News
20 fevral, yakshanba kuni ikki nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi Saudiya Arabistoniga kirishga taqiq borligi sababli Madina xalqaro aeroporti Chegara xavfsizlik xizmati tomonidan to‘xtatib qolingan.
Bu haqda xabar qilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborotiga ko‘ra, mazkur O‘zbekiston fuqarolari bundan avval – 2019 yilda Qirg‘iziston Respublikasining qalbaki pasporti bilan Umra safariga borib kelgan.
“Saudiya Arabistonidan chiqish vaqtida Saudiya qonunlarini buzgani uchun mamlakat chegara xavfsizlik xizmati tomonidan ularga nisbatan mamlakatga kirish uchun 10 yil muddatga taqiq belgilangan. Shu bois, ushbu fuqarolar podshohlikka kiritilmadi”, – deyiladi idora xabarida.
Musulmonlar idorasi fuqarolarni “turli aldovlarga uchmasdan, hukumat ko‘magida tashkil etilayotgan rasmiy, xavfsiz va ishonchli” ziyoratga borishni tavsiya qilgan.
Idora matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha 2 nafar ziyoratchi bugungi kunda O‘zbekistonga qaytib kelgan. Ular qilgan to‘lovlarning qaytarilishiga doir so‘rovimizga esa idora matbuot kotibi “tabiiyki, aviachiptalar sarf-xarajati chegirib qolinadi, qolgan masalalar amaldagi qonunchilikka muvofiq hal etiladi”, deya javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, qariyb 2 yillik tanaffusdan so‘ng o‘zbekistonliklar uchun Umra mavsumi joriy yilning 22 yanvar kuni boshlandi. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi pandemiya talablari, Saudiya Arabistonida 15 foizlik QQSning joriy qilinishi hamda narx-navo ko‘tarilgani sababli o‘zbekistonlik Umra ziyoratchilari uchun to‘lov miqdori 4 million so‘mdan ko‘proqqa oshirilganini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekistondagi ochiqlik siyosatiga qaramay, monopoliyaga asoslangan Haj va Umra ziyoratining tashkil etilishi va xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning tanlab olinishida hamon shaffoflik yo‘q, ziyorat uchun to‘langan puldan qaysi xizmat uchun qancha ishlatilishi esa sir saqlanmoqda.
Sohadagi monopoliyani tugatish va pullik xizmatlar ko‘rsatishni xususiy sektorga berishga doir takliflar va tanqidlarga mas’ul tashkilotlar bir necha yildan buyon ko‘z yumib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi