25 fevral kuni ertalab Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat fuqarolariga navbatdagi murojaat bilan chiqdi.
«Faqat ukrainaliklarning birdamligi va qat’iyati bizning erkinligimizni saqlab qolish va davlatni himoya qilishga qodir. Armiya, chegarachilar, Milliy gvardiya, politsiya, razvedka, hududiy mudofaa kuchlari o‘z vazifalarini maksimal darajada bajarmoqda», — degan Zelenskiy.
Uning fikricha, ertami-kechmi Rossiya Ukraina bilan muloqotga kirishishi kerak. «Bu muloqot qanchalik tez boshlansa, Rossiyaning o‘zidan ham shunchalik kam yo‘qotish bo‘ladi», — dedi u.
Nutqining oxirida Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilgan.
«Hurmatli Rossiya Federatsiyasi fuqarolari! Bugun tunda ular qahramon shahar Kiyevning turar-joylarini bombardimon qila boshladilar. Bularning barchasi menga 1941 yilni eslatadi. Norozilik bildirib namoyishga chiqqan Rossiya Federatsiyasining barcha fuqarolariga aytmoqchiman: biz sizni ko‘rmoqdamiz. Bu siz bizni eshitganingizni anglatadi, demak siz bizga ishona boshlayapsiz. Biz uchun kurashing, urushga qarshi kurashing», deydi Ukraina rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi