Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati
Rossiya Ukraina bilan muzokara stoliga o‘tirishga tayyor. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin Xitoy raisi Si Jinping bilan telefon muloqoti vaqtida aytgan.
«Rossiya Ukraina bilan yuqori darajada muzokaralar o‘tkazishga tayyor», deya Putinning so‘zlarini keltirgan Xitoy tashqi ishlar vazirligi.
Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Vladimir Zelenskiyning murojaati ma’lumot o‘rnida qabul qilinganini ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar uchun Minsk shahri tanlangan.
«Zelenskiy Ukrainaning neytral maqomi bo‘yicha muzokaraga tayyorligini bildirgandi. Boshdanoq Vladimir Putin operatsiya maqsadi LXR va DXRga yordam berish ekanini aytgandi. Bu esa neytrallik maqomining ajralmas qismidir», degan Peskov.
Rossiya tomonidan muzokaralarga Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va prezident administratsiyasi vakillari boradi.
Oldinroq Vladimir Zelenskiy Putinga murojaat qilib, muzokaralar stoliga o‘tirishni so‘ragandi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov esa Ukraina armiyasi taslim bo‘lsagina muzokara o‘tkazilishini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi