Foto: Bloomberg
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqi sanksiyasiga uchradi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ma’lum qildi.
Ittifoq Rossiya prezidenti Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga qarshi personal sanksiya e’lon qildi. Unga asosan ikki amaldorning hisob raqamlari muzlatiladi. Borrelning aytishicha, keyingi qadam Rossiyani SWIFT tizimidan uzish bo‘lishi mumkin. Ammo barcha qaror Rossiyaning keyingi harakatlaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. «Putin bu rus xalqi emas», deb qo‘shimcha qildi Borrel.
Britaniya ham Putin va Lavrovga qarshi sanksiya qo‘llaydigan bo‘ldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Boris Jonson e’lon qildi. «Ukrainadagi voqealardan keyin Rossiya bilan munosabatlar yaxshilanishi imkonsiz», dedi Jonson.
Britaniya bosh vaziri Rossiyani SWIFT'dan uzib qo‘yish taklifini bildirdi. Italiya va Germaniya ham bu qarorni qo‘llashini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi