Kriptovalyuta bilan shug‘ullanganlarga 10 yil qamoq — Xitoy

Kriptovalyuta bilan shug‘ullanganlarga 10 yil qamoq — Xitoy
Foto: «Rossaprimavera»
XXR Oliy xalq sudi kriptovalyutalar bo‘yicha operatsiyalar bilan shug‘ullanishni jinoyatga tenglashtirdi, deb xabar berdi «South China Morning Post» gazetasi.

Operatsiyalarda aylangan mablag‘ga qarab jarimalar belgilanadi. 100 ming yuan ($15 800)dan oshsa «yirik» deb tasniflanadi. Agarda mablag‘ 50 mln. yuandan yuqori bo‘lsa, «favqulodda jiddiy» sanalib, 10 yildan ko‘proq muddatga qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Yangi tartib 1 martdan kuchga kiradi.

Pekin kriptovalyutalar va mayningga qarshi qattiq kurashyapti. Xitoy banklariga bitkoin bilan shug‘ullanish 2013 yildayoq taqiqlangan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar