Foto: Getty Images
«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ukrainadagi voqealar fonida barchani tinchlikka chaqirdi.
«Biz farzandlarimiz uchun dunyoni yaxshiroq qilishimiz kerak. Dunyoda tinchlik bo‘lishi uchun duo qilaman», — deb yozadi Ronaldu Instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «mintaqa aholisini genotsiddan himoya qilish» uchun «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini ma’lum qildi. Murojaatdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainaning ko‘plab shaharlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko 24 fevral kuni erta tongda Kiyev, Xarkov va Dneprda harbiy infratuzilma ob’ektlariga raketa zarbalari berilganini ma’lum qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Putinning harakatini mamlakatni yakson qilish deya baholab, G‘arbni «Putinga qarshi koalitsiya» tuzishga chaqirdi.
24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, Buyuk Britaniya mamlakatga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llagan, xususan «Aeroflot» kompaniyasining qirollik hududiga parvozlarini taqiqlagan. AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirgani va u yerda harbiy operatsiyalarni boshlagani uchun mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilgan. Shuningdek, Bayden Rossiyaning Ukrainaga hujumi uchun mas’uliyat Vladimir Putinning zimmasida ekani, Rossiya ushbu harbiy operatsiya uchun jiddiy zarbalar qabul qilib olishi haqida gapirgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Ukraina hududida 4300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi borligini ma’lum qilgan. Ular Polsha orqali evakuatsiya qilinadi. 25 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Ukrainadagi vaziyat yuzasidan Putin bilan fikr almashdi.
25 fevral kuni «Manchester Yunayted» Ukrainada ro‘y berayotgan voqealar tufayli Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi bilan homiylik shartnomasini bekor qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi