15:30 / 26.02.2022
993

Bayden Ukrainaga harbiy ehtiyojlar uchun zudlik bilan moliyaviy yordam ko‘rsatishni buyurdi

Bayden Ukrainaga harbiy ehtiyojlar uchun zudlik bilan moliyaviy yordam ko‘rsatishni buyurdi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga mudofaa uchun zudlik bilan 600 million dollar yordam puli ajratishni buyurdi. Bu haqda Oq uyga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

E’lon qilgan memorandumda «Men davlat kotibiga Ukrainaga zudlik bilan harbiy yordam ko‘rsatish vakolatini topshiraman», — deyilgan.

Davlat kotibi Ukrainaga beg‘araz maqsadda 250 million dollar ajratish AQSH manfaatlariga to‘g‘ri kelish-kelmasligi bo‘yicha xulosa chiqarishi kerak. Baydenning aytishicha, yana 350 million dollar Pentagonga mudofaa tovarlari va xizmatlari, shuningdek, harbiy ta’lim va tayyorgarlik uchun ajratilishi kerak.

Avvalroq AQSH prezidenti administratsiyasi Kongressdan Ukraina inqirozini tartibga solish bilan bog‘liq harakatlar uchun 6,4 milliard dollar ajratishni so‘ragan edi. 2022 yilda AQSH Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam sifatida 650 million dollar va gumanitar yordam maqsadida 52 million dollar ajratgan. Mamlakat 2014 yildan buyon AQSHdan umumiy qiymati 2,7 milliard dollarga teng yordam olgan.

Bundan oldin Yevrokomissiya Ukrainaga 1,2 milliard yevro ajratishni ma’qullagan, shuningdek yanvar boshida AQSH administratsiyasi Ukrainaga qo‘shimcha 200 million dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni 2021 yil dekabrida ma’qullagani, 2022 yil 1 fevralda esa AQSHdan yana 84 tonna harbiy yordam Ukrainaga yetkazib berilgani xabar qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Ukrainaga harbiy ehtiyojlar uchun zudlik bilan moliyaviy yordam ko‘rsatishni buyurdi