date
views 1 935

Zelenskiy keyingi 24 soat Ukraina uchun hal qiluvchi boʻlishini aytdi

Zelenskiy keyingi 24 soat Ukraina uchun hal qiluvchi boʻlishini aytdi
Foto: AP
Kelgusi 24 soat Ukraina uchun hal qiluvchi boʻladi, dedi prezident Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniya bosh vazir Boris Jonson bilan telefon orqali muloqoti chogʻida.

Dauning-strit xabariga koʻra, Jonson Ukraina mudofaasiga yordam berish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilishga va'da bergan. Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri Ukraina xalqining jasorati va qahramonligi hamda Zelenskiyning harakatlarini yuqori baholagan.

Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabiga koʻra, toʻrt kun ichida Rossiya armiyasi 4500 kishini yoʻqotdi.

Bosh shtab ma'lumotlariga qaraganda, 4 kunlik urush davomida ukrainalik harbiylar 27 ta samolyot va 26 ta vertolyotni urib tushirgan, 150 ta tank va 700 dan ortiq BTRni, 50 ta qurolni, ikkita qayiqni, bitta «Buk», toʻrtta «Grad» qurilmasini, 60 ta tsisterna va ikkita tezkor-taktik uchuvchisiz samolyotni yoʻq qilgan.

Bu raqamga oʻlganlar, yaradorlar va asirlar kiradimi yoki faqat halok boʻlganlar kiradimi, noma'lum. Rossiya Mudofaa vazirligi halok boʻlganlar va asirlarning aniq sonini aytmayapti, biroq 27 fevral kuni birinchi marta armiyada yoʻqotishlar boʻlganini tan oldi.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Gomeldagi muzokaralarga bormasligini ma'lum qilgan, u Belarus betaraf hudud emasligini aytib, Varshava, Istanbul, Vena yoki Boku shaharlaridan birida uchrashish taklifini bildirgandi.

Keyinroq Zelenskiy Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali suhbatlashdi. Ushbu suhbatdan keyin Lukashenko Putinga muzokaralarni kechroq muddatga surish taklifi bilan chiqqan. Rossiya prezidenti Belarus rahbariga rozilik bildirgan. Ya'ni Lukashenko Ukraina delegatsiyasi biroz kechikishi tufayli, rus delegatsiyasini yana biroz Belarusda qolishga koʻndirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy keyingi 24 soat Ukraina uchun hal qiluvchi boʻlishini aytdi