1 817
Ukraina: olatasir to‘polonda davlatga xiyonatda ayblanayotgan shaxs uy qamog‘idan qochdi
Medvedchuk Putin bilan yaqin munosabatda ekanini yashirmaydi.
Foto: TASS
Ukrainada urush ketayotgan bir paytda davlatga xiyonatda ayblanayogan siyosatchi Viktor Medvedchuk uy qamog‘idan qochib ketdi. Bu xabarni Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashenko tasdiqladi.
Jinoyatda ayblanayotgan shaxs ham, unga qochishda ko‘mak berganlar ham jazosiz qolmasligini ta’kidlagan IIV mulozimiga ko‘ra, V.Medvedchuk Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan avvaldan xabardor bo‘lgan, uning rafiqasi Oksana Marchenko ham oshig‘ich ravishda Ukrainadan qochib ketgan.
Ukraina parlamenti deputati, «Oppozitsionnaya platforma – Za jizn» partiyasi yetakchisi V.Medvedchuk kremlparast siyosat deb baholanadi. Uning o‘zi ham prezident Vladimir Putin bilan yaqin munosabatda ekanini yashirmaydi. Boz ustiga, Putin Medvedchukning qiziga cho‘qintirgan ota sanaladi.
Deputat Kremlning Ukraina sharqidagi xatti-harakatlari masalasida ham rasmiy Kiyevdan farqli pozitsiyada: u Rossiyani agressor deb hisoblamaydi.
2021 yil oktabr oyida V.Medvedchuk davlatga xiyonatda ayblanib uy qamog‘iga olingan. U, shuningdek, davlat sirlarini Rossiya maxsus xizmatiga oshkor qilish, Ukrainaga nisbatan buzg‘unchi xatti-harakatlar sodir etish va milliy boyliklarni talon-toroj etishda gumonlanmoqda. Ukraina milliy xavfsizlik kengashi V.Medvedchukka sanksiya joriy etgan.
V.Putin eski qadrdoniga nisbatan jinoiy ish ochilganiga munosabat bildirib, unga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad etgan. Putinga ko‘ra, deputat Medvedchuk ochiq siyosiy pozitsiyasi sabab ta’qib etilmoqda.
Medvedchuk1, Uy qamog‘i1, Putin1, Ukraina1, Qochib ketdi1 Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi