Foto: Checheniston matbuot xizmati
Ukrainadagi urushda ikki nafar chechenistonlik askar halok bo‘ldi, yana olti nafari turli og‘irlikdagi jarohatlar oldi, dedi respublika rahbari Ramzan Qodirov.
«Ha, urushda halok bo‘lishmoqda, bu ularning kasbi taqozosi», — dedi Checheniston rahbari va respublika harbiy xizmatchilari «har qanday buyruqni» bajarishga tayyorligini eslatib o‘tdi.
Qodirov Rossiya hukumatini Ukrainada «fashistlar va terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni qo‘llashga», ukrainalik harbiylarni esa «rus qo‘shinlari bilan yelkama-yelka turishga» yana bir bor chaqirdi.
Avval ham Qodirov Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini o‘ta sekin deb atab, «Ukrainaning barcha yo‘nalishlari va hududida keng ko‘lamli operatsiya» o‘tkazishga chaqirgandi.
Rossiya 24 fevraldan beri Ukrainada «harbiy maxsus operatsiya» o‘tkazmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi jangovar harakatlar haqida xabar berib, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar haqida ma’lumot bermayapti. Rossiya armiyasi yo‘qotishlari to‘g‘risida urushning to‘rtinchi kunida tan oldi, ammo qurbonlar sonini aytmadi va ukrainaliklarnikidan «bir necha baravar» kam ekanini ta’kidladi.
Ayrim rossiyalik harbiylarning o‘limi hududlar rahbarlarining hisobotlaridan ma’lum bo‘ldi. Rasmiylar birinchi marta 26 fevral kuni Ukrainadagi urushda rossiyalik ofitser halok bo‘lganini tasdiqladi. O‘shanda Dog‘iston rahbari Sergey Melikov halok bo‘lgan ofitser Nurmagomed Gadjimagomedovning oilasiga hamdardlik bildirgan. O‘z navbatida, Qalmog‘iston rahbari Batu Xasikov va Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt shartnomaviy xizmat serjantlari Konstantin Manjiev va Andrey Ilyinning o‘limi haqida gapirgan.
Ukraina Mudofaa vazirligining 28 fevraldagi ma’lumotlariga ko‘ra, urushda 5300 ga yaqin rossiyalik halok bo‘lgan. Ukraina o‘z harbiylari orasidagi qurbonlar soni haqida hisobot bermayapti.
Ramzan Qodirov1, Checheniston1, Ukraina1, Rossiya1, Urush1, Chechenistonlik askar1, Harbiy amaliyot1 Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?