
Foto: Suspіlne
Kiyevdagi teleminora yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi. «UNIAN» agentligining xabariga ko‘ra, bu yerga snaryad kelib tushgan.
Teleminora yaqinida portlash sodir bo‘lganini oliy rada Telegram kanali ham tasdiqladi. Xabar qilinishicha, mahalliy telekanallarni efirga uzatishda muammolar paydo bo‘lgan.
Portlash oqibatida jarohatlanganlar to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q.
«Strana.ua» nashri snaryad minora yonidagi apparat binosiga urilgani to‘g‘risida xabar berdi. Ta’kidlanishicha, telekanallar efiri tez orada tiklanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar