18:48 / 02.03.2022
1 191

Rossiyaning sanksiyaga uchragan banklari Visa va Mastercard kartalarini chiqara olmaydi

Rossiyaning sanksiyaga uchragan banklari Visa va Mastercard kartalarini chiqara olmaydi
G‘arbning sanksiyalari ostida qolgan Rossiya banklari yangi Visa va Mastercard kartalarini chiqara olmaydi. Bu haqda Rossiya Milliy to‘lov kartalari tizimi (NSPK) matbuot xizmatiga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Ukrainadagi ziddiyat boshlanganidan so‘ng AQSH va boshqa davlatlar Rossiyaning «VTB», «Promsvyazbank», «Sovkombank», «Otkritiye» banki, «Rossiya» banki va «Novikombank»ga qarshi sanksiyalarni joriy qilgan edi. Ushbu banklarning xalqaro kartalari endi chet elda ish faoliyatini to‘xtatadi. Lekin Rossiyada bu davrgacha chiqarilgan kartalar ishlashda davom etadi.

- Ushbu banklar mijozlar foydalanadigan kartalarning amal qilish muddati tugaganidan keyin yangi Visa va Mastercard kartalarini chiqara olmaydi. Rossiya banklari tomonidan chiqarilgan Visa va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlarining kartalari bilan mamlakatimiz ichidagi barcha tranzaksiyalar ishlashda davom etadi. Bunday tranzaksiyalar odatdagidek Milliy tizim to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladi, — deb tushuntiradi NSPK matbuot xizmati.

Bundan tashqari, «Mir» to‘lov tizimining kartalari bo‘yicha barcha operatsiyalar bank mijozlari uchun to‘liq hajmda amalga oshirilishi aytilmoqda.

Rossiya1, Sanksiyaga uchragan banklar1, Mastercard karta1, Visa karta1, Rossiya banklari1, Xalqaro kartalar1 Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning sanksiyaga uchragan banklari Visa va Mastercard kartalarini chiqara olmaydi