date
views 3 277

Rossiya-Ukraina urushining ettinchi kuni suratlarda...

Россия-Украина урушининг eттинчи куни суратларда...
Xarkov markazi oʻqqa tutilishi. Foto: Pavel Dorogoy
24 fevral tongida Vladimir Putin DXR va LXRni ozod qilish, shuningdek, Ukrainani «denatsifikatsiya» va «demilitarizatsiya» qilish maqsadida «maxsus harbiy operatsiya» boshladi. Shundan soʻng Rossiya Ukrainaga qoʻshin kiritdi. Kiev, Xarkov, Mariupol va boshqa shaharlarda bir necha kundan buyon janglar davom etmoqda.

Odamlar bombapanagohlarga, metro bekatlari va erosti avtoturargohlarda yashirinib jon saqlamoqda. Aholining bir qismi qoʻshni davlatlarga qochmoqda: BMT ma'lumotiga koʻra, urushning etti kunida Ukrainani bir millionga yaqin kishi tark etgan.

Soʻnggi soatlardagi asosiy voqealar:
  • BMT ma'lumotlariga koʻra, bir hafta ichida bir million ukrainalik qochqinga aylandi.
  • Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi Rossiyaning Ukrainadagi ehtimoliy harbiy jinoyatlari yuzasidan tergov boshladi.
  • Rossiya hukumati dumaga sanktsiyalar sharoitida aholi va biznesni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
  • Rossiya Mudofaa vazirligi birinchi marta yoʻqotishlar haqida ma'lumot berdi: 498 harbiy xizmatchi halok boʻlgani, 1597 nafari yaralangani aytilgan.
  • Zelenskiyning ta'kidlashicha, Rossiya armiyasi bir hafta ichida Ukrainada toʻqqiz ming askarini yoʻqotdi. Ukraina razvedkasi fikricha, 4 mart kuni Kreml mamlakatda harbiy holat e'lon qiladi.
  • Jahon banki Rossiya va Belarusdagi dasturlarni toʻxtatdi.
  • Gamburgda Alisher Usmonovning 600 million dollarlik Dilbar nomli yaxtasi musodara qilindi.
  • Roman Abramovich «Chelsi»ni sotadi.
  • Oracle, Mercedes-Benz va H&M Rossiyada sotuvlarini toʻxtatdi.
  • Rossiyadagi urushga qarshi aktsiyalarda yana 700 nafardan ortiq kishi hibsga olindi.


Politsiyachilar Kievdagi teleminoraga berilgan aviazarba oqibatida halok boʻlgan kievlikning jasadi ustini yopishmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA


Kiev koʻchalari artilleriya zarbalaridan keyin. Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Kiev markazida tankka qarshi toʻsiqlar. Zurab Kurtsikidze / EPA / Scanpix / LETA

Xarkov koʻchalaridagi oʻt oʻchiruvchilar. Foto: Pavel Dorogoy

DXR nazoratidagi Gorlovka shahrida skotch bilan himoyalangan deraza koʻrinishi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA


Odamlar bilan liq toʻla bombapanagoh. Kiev oblasti
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA


Hududiy mudofaaning 68 yoshli a'zosi Andrey Goncharuk Kiev yaqinidagi Gorenkada hujumga uchragan uy oldida
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA


Kiev metrosi. Foto: Aris Messinis / STF / AFP / Scanpix / LETA

Havo trevogasi vaqtida bolalar Kiev metrosida oʻynashmoqda
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA


Kievliklar Lvovga boradigan evakuatsiya poezdini kutishmoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA


Moldova-Ukraina chegarasidan oʻtgan avtobus oynasidan qarayotgan qizcha. Avtobus qochqinlarni Kishinyovga olib ketmoqda
Nikolay Doychinov / AFP / Scanpix / LETA


Xarkovdagi yotoqxonada hujum oqibatlari. Foto: Pavel Dorogoy

Mariupolda aholi turar joyiga qilingan hujum qurboni. Shifoxonaning tugʻuruq boʻlimiga yaralanganlar olib kelinmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA


Rossiya bosqinidan qochib Polshaga oʻtgan ayol Peremisldagi vaqtincha lagerda bolasini quchib yigʻlamoqda
REUTERS/Yara Nardi


Ruminiyaning Ukraina bilan chegaradagi Siret shahriga bolalari bilan qochib oʻtgan ayol yigʻlab bormoqda
REUTERS/Stoyan Nenov


Polsha hududiga avtomobili bilan oʻtgan ukrainlar dalada tunamoqda. REUTERS/Yara Nardi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo