Armaniston parlamenti ovoz berishning ikkinchi bosqichida Vaagn Xachaturyanni mamlakat prezidenti lavozimiga sayladi.
Yuqori texnologiyalar sanoati vaziri Vaagn Xachaturyan nomzodi uchun 71 deputat ovoz bergan. Ovoz berishning birinchi bosqichida Xachaturyan ovozlar kamligi tufayli prezident etib saylanmagan edi.
Armaniston konstitutsiyasiga ko‘ra, ikkinchi turda prezident etib saylanish uchun jami 107 nafar deputatning kamida beshdan uch qismi ovoz berishi kerak.
Vaagn Xachaturyan Armanistonni 1991-1998 yillarda boshqargan Levon Ter-Petrosyan siyosiy ittifoqchisidir.
U 1992—1992 yillarda Yerevan hokimi, 1996—1998 yillarda prezident maslahatchisi bo‘lgan. 2019 yildan 2021 yilga qadar armanistonlik yirik tadbirkor, hukmron partiyadan parlamentga deputat sifatida saylangan Xachatur Sukiasyanning oilasiga tegishli "Armekonbank" boshqaruv a’zosi bo‘lgan. 2021 yilning avgustidan buyon Xachaturyan mamlakatning yuqori texnologiyalar sanoati vaziri bo‘lib ishlab kelayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”