23:52 / 04.03.2022
2 429

Rossiyalik milliarder: «Bu ishimiz uchun avlodlar bizni yana 200 yil la’nat bilan eslaydi»

Rossiyalik milliarder: «Bu ishimiz uchun avlodlar bizni yana 200 yil la’nat bilan eslaydi»
Rossiyalik milliarder Oleg Deripaska Ukraina bilan urushga qarshi ikkinchi marta bayonot berdi.

«Tinchlik juda muhim! Muzokaralarni cho‘zish — telbalik! Ukraina allaqachon yadroviy mamlakatga aylanib bo‘lgan, uning hududida, konservalab qo‘yilgan Chernobil AESdan tashqari, yana 15 ta atom energoblok va 3 ta yadroviy yoqilg‘i chiqindilari ombori bor.

Tushunmaganlar uchun — bu ob’ektlarda biron-bir hodisa yuz bergudek bo‘lsa, Yevropa Rossiyasi, Ukraina va Yevropada yashovchi avlodlar bizni yana 200 yil la’nat bilan eslaydi
», — dedi u.
Oleg Deripaska — Rossiyaning Dzerjinsk shahrida tug‘ilgan (1968). Tadbirkor, milliarder. Alyuminiy biznesi ortidan boyigan (Rossiyadagi eng yirik kompaniyalarni boshqargan). 2008 yilda Rossiyaning eng boy kishisiga aylangan (28 mlrd. dollar), o‘sha yili «Forbes»ning jahon reytingida 9-o‘ringa ko‘tarilgan. Biroq 2018 yilga kelib jahon reytingida 247-o‘ringa tushib ketgan (7,1 mlrd. dollar). Rossiya va Kipr (2017 yildan) fuqarosi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik milliarder: «Bu ishimiz uchun avlodlar bizni yana 200 yil la’nat bilan eslaydi»