09:43 / 05.03.2022
2 019

Putin va Shols telefonda Ukraina masalasini muhokama qildi

Putin va Shols telefonda Ukraina masalasini muhokama qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Olaf Shols telefonda suhbatlashdi. Ularning suhbati bir soat davom etdi, deya xabar bergan «Kommersant’».

Putin Rossiya hamda Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi raundi dam olish kunlarida o‘tkazilishini va’da qildi. Shols Rossiya davlat rahbaridan Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishni va gumanitar yordam uchun yo‘llarni ochishni so‘ragan, deyiladi GFR hukumatining rasmiy saytidagi xabarda.

Ikki davlat rahbarlari Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar yuzasida o‘z nuqtai nazarlariga asoslanib, fikr almashgan, shuningdek, Rossiya hamda Germaniya o‘rtasidagi muloqotni davom ettirishga kelishib olgan.

Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi raundi 28 fevral kuni Belarusning Gomel viloyatida o‘tkazilgan. 3 martda muzokaralarning 2-raundida tomonlar urush davrida tinch aholi evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘laklar tashkil qilishni kelishib olgan. Ukraina tomoni muzokaralarning navbatdagi raundi kelasi hafta boshida o‘tkazilishi mumkinligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Shols telefonda Ukraina masalasini muhokama qildi