Foto: Freepressjournal
Ukrainadagi urush vaqtida kamida 351 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, 707 nafar odam yaralangan. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi 4 mart yakunlari bo‘yicha berilgan ma’lumotlarga tayanib xabar qilgan.
O‘limlarning katta qismi og‘ir artilleriya bergan zarbalar, zalp bilan ketma-ket o‘t ochishning reaktiv tizimlari, raketa va aviazarblar oqibatida kuzatilgan. Ayrimachilar nazorati ostidagi hududning o‘zida 23 ta o‘lim holati qayd etilib, 93 nafar odam yaralangan.
Halok bo‘lganlarning 22 nafari voyaga yetmaganlar. Kamida 36 nafar bola turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisini himoya qilish, Ukrainani «demilitarizatsiya» va «denasifikatsiya qilish» uchun «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qildi. Kreml gap «harbiy salohiyatni zararsizlantirish» va «Ukrainani natsistlardan tozalash» haqida ketayotganini tushuntirdi. Putinning bayonotidan keyin Ukraina shaharlari bir necha bor o‘qqa tutildi. 1 mart kuni ertalab Xarkovdagi viloyat ma’muriyati binosi joylashgan Ozodlik maydoniga raketa hujumiga uchragan. Portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq odam jarohatlandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy raketa zarbasini «ochiqdan ochiq terror» deb atadi.
2 mart kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi harbiy operatsiyalardagi yo‘qotishlar haqida ma’lumot berib, urushda Rossiya tomonidan 500 ga yaqin askar halok bo‘lgani ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi