2 566
Urushning 10-kuni: Putin harbiy operatsiya nima uchun faqat Donbass bilan cheklanib qolmaganini tushuntirdi
Ukraina harbiy xizmatchilari Kiev viloyati, Sitnyaki qishlogʻidagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida
Foto: Getty Images
Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus harbiy operatsiyasi» oʻn kundan buyon davom etmoqda. Ukraina janubi-sharqidagi qamal qilingan hududlardan tinch aholini evakuatsiya qilish uchun tomonlar 5 mart kuni «sukunat rejimi» joriy etishga kelishib olgandi. Ammo kechga yaqin ikki tomon bir-birini rejimni buzganlikda aybladi. Ukraina Rossiya Mariupol va uning atrofini oʻqqa tutishda davom etayotgani haqida xabar qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy operatsiyaga qayta start berdi.
Kievda rossiyalik asirlarning matbuot anjumani boʻlib oʻtdi, Lvovda esa evakuatsiya davom etmoqda. Shahar ob'ektlarini oʻq va bombalardan himoyalash choralari boshlandi — tarixiy binolarning derazalari mahkamlanib, haykallar oʻtga chidamli materiallar bilan oʻraldi. Meduza urushning oʻninchi kunida yuz bergan asosiy voqealar va fotosuratlarni taqdim etdi.
Gumanitar yoʻlaklarni ochish toʻgʻrisidagi kelishuv muvaffaqiyatsiz tugadi. 5 mart kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Moskva vaqti bilan 10:00 dan (Toshkent vaqti bilan 12:00) boshlab sukunat rejimi joriy etilgani hamda Donetsk viloyatidagi Mariupol va Volnovaxa shaharlaridan tinch aholini olib chiqish uchun gumanitar yoʻlaklar ochilishi haqida ma'lum qildi. Ukraina hukumati kelishuvni tasdiqladi: Mariupoldan 200 ming, Volnovaxdan 15 ming kishini olib chiqish rejalashtirilgani haqida xabar berildi. Evakuatsiyada Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi ishtirok etishi kerak edi.
Biroq tez orada tomonlar bir-birini kelishuvlarni buzishda ayblay boshladi. Ukraina hukumati Rossiya sukunat rejimiga rioya qilmayotgani va evakuatsiya yoʻllarini oʻqqa tutayotganini aytdi. Rossiya Mudofaa vazirligi (keyinchalik Vladimir Putinning oʻzi) «millatchilar» odamlarni shaharlardan tashqariga chiqarishmadi, deya bayonot berdi. Shu bilan birga, Ukraina rasmiylariga koʻra, Volnovaxani 400 kishi tark etishga muvaffaq boʻlgan. Tomonlar yoʻnalishlar boʻyicha kelishib olgani yoki yoʻqligi hozircha noma'lum. Ukraina aholini Zaporojega koʻchirishni rejalashtirgan, Donetsk sharqqa (ya'ni ayirmachilar nazorati ostidagi hududga) yoʻlaklar ochilishini, chunki Zaporojega borish «xavfsiz emas»ligini ma'lum qilgan.
Kechqurun Rossiya Mudofaa vazirligi «harbiy amaliyotlar» qayta boshlangani haqida e'lon qildi.
Ukrainaliklar vayron boʻlgan koʻprik ostida toʻplanib, Kiev viloyati, Irpen daryosi orqali Irpen shahridan chiqib ketishga urinmoqda
Foto: AP Photo
Ukraina harbiylari aholini evakuatsiya qilish chogʻida keksa ayolni Irpen daryosidan olib oʻtmoqda
Foto: AP Photo
Kun davomida Ukrainada bir qancha rossiyalik uchuvchilar qoʻlga olingani haqida xabarlar berildi. Ulardan birining samolyoti Chernigov yaqinida urib tushirilgan. Ukraina xavfsizlik xizmati ma'lumotlariga koʻra, uchuvchi Suriyadagi harbiy amaliyotlarda qatnashgan va goʻyoki Vladimir Putin Suriya prezidenti Bashar al-Asad bilan tushgan suratda u ham bor. Boshqa uchuvchilar Nikolaev yaqinida asirga olingan.
Rossiyalik mahbuslarning ogʻir shaklda soʻroqqa tutilayotgani aks etgan bir nechta videolar tarqalgandan soʻng, Ukraina prezidenti ofisining maslahatchisi Aleksey Arestovich Ukraina harbiylaridan Jeneva konventsiyasiga rioya qilishni va Ukrainani urush jinoyatlarida ayblash uchun zamin yaratmaslikni talab qilib murojaat yoʻlladi. «Biz Evropa davlatining Evropa armiyasimiz. Mahkumlarga vahshiylik bilan munosabatda boʻlish qat'iyan man etiladi», — dedi u. Ukraina harbiylariga koʻra, 5 mart kuni ular ikki rus samolyoti, beshta vertolyot va bir dronni urib tushirgan. Rossiya Mudofaa vazirligi kun davomida beshta Ukraina samolyoti, bir vertolyot va bir dron urib tushirilganini xabar qildi.
Urush sharoitida u yoki bu tomonning rasmiy vakillari tomonidan tarqatilgan ma'lumotlarni qisqa vaqtda tekshirishning imkoni yoʻq.
54 yoshli Igor Majaev uyining xarobalari orasida. Otishma natijasida Igor xotini va 12 yoshli qizini yoʻqotdi. Kiev viloyati, Marxalevka qishlogʻi
Foto: Getty Images
Kiev osmonida raketa tutunining izi
Foto: Reuters
Vladimir Putin Rossiyada harbiy holat joriy etish uchun hech qanday asos yoʻqligini aytdi. Aviatsiya sanoati xodimlari bilan 45 daqiqalik uchrashuvda Putin tashqi tajovuz yuz bergan taqdirda shunday boʻlishi mumkinligini aytdi. «Ammo Rossiyada hozir bunday holat yoʻq va umid qilamanki, boʻlmaydi ham», — deya ta'kidladi u. Shu bilan birga, Putin uchinchi davlatlarning Ukraina osmonida parvozlarni taqiqlashga urinishlarini urushda ishtirok etish deb hisoblashini aytdi.
Putin, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi koʻlamini tushuntirdi: uning soʻzlariga koʻra, Rossiya faqat «Donbass respublikalariga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuv chizigʻida turib yordam berishi mumkin edi», ammo bu holda Gʻarb «moddiy resurslar, oʻq-dorilar, jihozlar bilan cheksiz qoʻllab-quvvatlardi». «Shuning uchun biz boshqa yoʻldan bordik, qilishimiz kerak boʻlgan birinchi ish harbiy infratuzilmani qisman emas, balki butunlay yoʻq qilish edi. Asosan qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, aviatsiya, havo hujumidan mudofaa tizimlari saqlanadigan omborlar nishonga olindi», — dedi Rossiya prezidenti.
Kievda asirga olingan rus askarlarining matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Ular rossiyaliklarni Ukrainadagi urushni toʻxtatishga chaqirdi
Foto: AP Photo
Qoʻlga olingan Rossiya texnikalaridagi Z belgisi Ukraina bayrogʻining rangi bilan boʻyab tashlangan
Foto: Reuters
Ukrainalik koʻngillilar Lvovdagi kinoteatr binosida qurol bilan ishlashni oʻrganmoqda
Foto: AP Photo
Putin Rossiyaga qarshi kiritilayotgan sanktsiyalarni «urush e'lon qilish»ga qiyosladi va tadbirkorlarga «maksimal iqtisodiy erkinlik» berish, iqtisodiy jinoyatlar uchun odamlarni jinoiy javobgarlikka tortmaslik tarafdori ekanini aytdi.
Rosaviatsiya Rossiya aviakompaniyalariga xorijga yuk va yoʻlovchi tashuvchi reyslarning barchasini toʻxtatishni tavsiya qildi. Bunga «samolyotlarning xorijda ushlab turilishi yoki hibsga olinishi xavfi yuqori ekani» sabab qilib koʻrsatildi. Tavsiya lizingda xorijiy kompaniyalarning samolyotlariga ega boʻlgan aviakompaniyalarga taalluqlidir. Shundan soʻng, Aeroflot, «Pobeda», Azur Air (8 martdan), Nordwind va Pegas Fly (7 martdan) xorijiy reyslarni bekor qildi.
Ayni paytda, global kompaniyalar rossiyalik mijozlar bilan u yoki bu shaklda ishlashni rad etmoqda — soʻnggi 24 soat ichida Prada, Puma, Inditex, Moody’s, Adobe, IBM, Paypal, Samsung, Electronic Arts, Rockstar Games, Airbnb, Booking, Coursera, Payoneer ushbu qarorini e'lon qilgan.
Lvovdagi haykallar yongʻindan va tasodifiy parchalardan himoya qilish uchun oʻtga chidamli material bilan oʻralgan
Foto: AFP
Kievdagi sharqiy front chizigʻi yaqinida turgan hududiy mudofaa otryadining a'zosi
Foto: Getty Images
Ukrainalik qochqinlar Kievni tark etmoqda
Foto: AFP “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ilon Mask Britaniya bosh vazirini lavozimidan qanday chetlatishni oʻrganmoqda
Salome Zurabishvili haliyam oʻzini Gurjiston prezidenti deb atamoqda
Tramp Ukrainaning NATOga qoʻshilish masalasini "yopiq" dedi
Britaniyaliklar Afgʻonistonda jangga layoqatli erkaklarni qasddan oʻldirgani aniqlandi
Belgiya bosh vaziriga zaharli modda solingan maktub keldi
Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni qanday hal qilmoqchi?
Ukraina qurolli kuchlari yollanma askarlar armiyasiga aylandi
Hisobot: Ukraina magʻlubiyati AQShga qimmatga tushadi