19:45 / 06.03.2022
1 401

Zelenskiy Ilon Maskka Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi

Zelenskiy Ilon Maskka Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi
5 mart kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy SpaceX rahbari Ilon Mask bilan onlayn muloqot qildi. Bu haqda Ukraina yetakchisi o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozgan.

«Men Ilon Mask bilan gaplashdim. Ukrainani so‘zi va amali bilan qo‘llab-quvvatlayotgani uchun undan minnatdorman. Kelgusi hafta biz vayron qilingan shaharlar uchun Starlink tizimlarining navbatdagi partiyasini qabul qilib olamiz. Boshqa ehtimoliy kosmik loyihalar haqida ham gaplashdik, ammo bu haqda urushdan keyin aytib beraman», — dedi Zelenskiy.

O‘sha kuni Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Bayden bilan ham suhbatlashgan. Zelenskiyning aytishicha, suhbat chog‘ida Oq uy rahbari bilan xavfsizlik, Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni davom ettirish masalalari muhokama qilingan.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlangach, 27 fevral kuni Ilon Mask Ukrainani Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti bilan ta’minlay boshlagan edi. Ukraina servisga ulangan 29-davlat bo‘ldi.

Zelenskiy1, Ilon Mask1, Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani1, Minnatdorlik bildirdi1 Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ilon Maskka Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi