Dunyoda 1 milliarddan ortiq yoshlarning salomatligi xavf ostida

1 daqiqa o'qish1.5K
Dunyoda 1 milliarddan ortiq yoshlarning salomatligi xavf ostida
Odatda, katta yoshli kishilar shovqin-suronni xushlamaydi. Yoshlar esa, aksincha, baland chastotalarda musiqa tinglashga o‘ch. Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida ushbu holat tobora urfga aylanib bormoqda. Xo‘sh, buning nimasi yomon?

Gap shundaki, hozir dunyo bo‘yicha 12-35 yosh oralig‘idagi 1 milliarddan ortiq yosh avlod vakillari eshitish qobiliyatini yo‘qotish xavfi ostida. Bunga to‘y-u tomoshalar, ko‘ngilochar tadbirlarda davomli ravishda baland ovozda musiqa eshitish sabab bo‘lmoqda.

Shu bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti jamoat joylari va ommaviy tadbirlarda xavfsiz tinglashning yangi xalqaro standartini ishlab chiqdi. U ovoz kuchaytirgich yordamida musiqa ijro etiladigan maskanlar va tadbirlarga taalluqli. Yangi standartlar 6 ta tavsiyani o‘z ichiga oladi:

Birinchi tavsiya: o‘rtacha shovqinning maksimal darajasi — 100 detsibeldan oshmasligi kerak.
Ikkinchi tavsiya: shovqin darajasi maxsus texnik vositalar yordamida alohida xodimlar tomonidan real vaqt rejimida kuzatib va qayd etib borilishi zarur.
Uchinchi tavsiya: ovoz sifati va xavfsiz eshitish muhitini ta’minlash uchun xona akustikasi va ovoz uskunalarini optimallashtirish lozim.
To‘rtinchi tavsiya: tinglovchilarni shovqindan himoyalovchi vositalar bilan ta’minlash joiz. Ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar ham bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Beshinchi tavsiya: tashrif buyuruvchilar uchun shovqindan xoli va eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan sokinroq joylarni ham tashkil qilish darkor.
Oltinchi tavsiya: bunday muassasalarda faoliyat ko‘rsatadigan xodimlarni o‘qitish va ularning xabardorligini oshirish kerak.

Bundan tashqari, yoshlar shaxsiy audio qurilmalardan foydalanganda ham ovoz balandligini imkon qadar cheklashlari zarur.

JSST dunyo davlatlarini bu tavsiyalarni huquqiy normalar bilan mustahkamlashga chaqirish barobarida, jamoatchilik, ota-onalar, o‘qituvchilar va shifokorlar tomonidan yoshlarni xavfsiz tinglash amaliyotiga o‘rgatish kelajakda katta samara berishini ta’kidlaydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?