Foto: «TASS»
Rossiya harbiylari «sukunat rejimi»ni e’lon qilib, Kiyev, Xarkov, Sumi hamda Mariupol viloyatlaridan tinch aholining chiqib ketishi uchun gumanitar koridorlar ochmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
«Sukunat rejimi» 7 mart kuni soat 10:00 dan e’lon qilinadi.
Gumanitar koridorlar «halokatli gumanitar vaziyat» hisobga olingan holda hamda Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Rossiya prezidenti Vladimir Putindan shaxsiy iltimosi sabab ochilmoqda.
Idoraning qo‘shimcha qilishicha, gumanitar koridorlar fuqarolarni aviatsiya transport yordamida Rossiyaga yetkazish imkoniyatini beradi.
Eslatib o‘tamiz, 5 mart kuni Mariupoldagi tinch aholini evakuatsiya qilish uchun «sukunat rejimi» bo‘yicha kelishuvga erishilgandi, biroq jangovar harakatlar davom etdi va mojaro tomonlari bir-birini kelishuvlarni buzganlikda aybladi.
6 mart kuni Ukraina rasmiylari «sukunat rejimi» soat 10:00 dan 21:00 gacha qayta o‘rnatilishini, evakuatsiya esa 12:00 dan boshlanishini e’lon qildi. Ammo bu amalga oshmadi. Mariupolda jang qilayotgan Ukrainaning «Azov» polkining aytishicha, evakuatsiyaga Rossiya qo‘shinlari to‘sqinlik qilgan, ular o‘q uzishda davom etgan. Donetsk esa sukunat rejimini «tinch aholi kolonnasini otib tashlagan» «Azov» jangchilari buzganini da’vo qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”