21:14 / 07.03.2022
2 086

8 martdan rossiyalik sayyohlar ro‘yxatida faqat 17 mamlakat qoldi

8 martdan rossiyalik sayyohlar ro‘yxatida faqat 17 mamlakat qoldi
Foto: «Turprom»
8 martdan keyin rossiyalik sayyohlar faqat 17 mamlakatga parvoz qilish imkoniyatiga ega. Yo‘nalishlar ro‘yxatini «Aviasales» servisi e’lon qildi.

Rossiyaliklar, birinchi navbatda, Turkiyaga ucha oladilar, chunki Turkish Airlines va Pegasus Istanbul va Antaliyaga qatnovlarni to‘xtatgani yo‘q. BAAga (Dubay, Sharja va Abu-Dabi) uchish varianti ham saqlanib turibdi, negaki parvozlarni Emirates va Air Arabia amalga oshiradi.

Rus turistlari uchun Bahrayn, Iordaniya, Qatar, Marokash, Isroil va Efiopiyaga eltuvchi havo yo‘llari hozircha yopilmagan. Xorij aviakompaniyalari Venesuela, Mo‘g‘uliston, Serbiya, Shri-Lanka va Iroqqa ham uchmoqda. Yaqin qo‘shnilardan Armaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonga uchish mumkin, deyiladi xabarda.

Rosturizm RF fuqarolarini Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llagan mamlakatlarga sayohat va ish yuzasidan bormaslikni tavsiya qildi: o‘z vaqtida va xavfsiz qaytish muammosiga duch kelish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 8 martdan rossiyalik sayyohlar ro‘yxatida faqat 17 mamlakat qoldi