Rubl tarixiy minimumga quladi

Rubl tarixiy minimumga quladi
Forex valyuta bozorida 7 mart kuni bo‘lib o‘tgan savdolarda Rossiya rubli kursi dollarda — 140,25, yevroda — 145,87 nisbatni qayd etib, tarixiy minimumni yangiladi.

Dollar va yevroning rublga nisbatan kursi, juma kungi savdo yakunlariga solishtirganda, 7 mart kuni 20 foizga qimmatlashdi, deb yozdi «Bloomberg».

Rossiya banki 5, 7 va 8 mart kunlari Mosbirjaning barcha bozorlarida savdolar va hisob-kitoblar o‘tkazmaslik qaroriga kelgan edi.

Rossiya valyutasining galdagi qulashi neft embargosi xavfi bilan izohlanmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar