Foto: Reuters
Ayni vaqtda Ukrainaga dunyoning 15 ta mamlakatidan harbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbiga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
U jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda AQSH Ukrainaga harbiy yuklarni yuborishni davom etayotganini tasdiqlab, «bu nafaqat bizga, balki 14 ta boshqa davlatlarga ham taalluqli» deya qo‘shimcha qilgan. Kirbining so‘zlariga ko‘ra, AQSH «mazkur yuklar ukrain harbiylarining qo‘liga yetib borishiga» ishonadi.
Pentagon vakilining ta’kidlashicha, AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin «o‘tgan dam olish kuni NATOning sharqiy qanotidagi AQSH kuchlarini kuchaytirish uchun Qo‘shma Shtatlardan Yevropaga taxminan 500 ga yaqin qo‘shimcha amerikalik harbiy xizmatchilarni yuborishni buyurgan».
Ushbu harbiy xizmatchilar «Ukraina atrofidagi mavjud vaziyatga javob qaytaradigan va NATO alyansining ushlab turish potensiali hamda mudofaa qobiliyatini kuchaytiradigan tarzda joylashtiriladi».
«Mazkur choralar vaqtincha bo‘lib, sharoit taqozo etadigan talablarga mos ravishda muntazam o‘zgarib turadi», — deya qayd etadi amaldor.
Uning ta’kidlashicha, AQSH Ukrainaga qo‘shin kirgizmayapti va buni amalga oshirmaydi ham.
Avvalroq AQSH prezidenti administratsiyasi Kongressdan Ukraina inqirozini tartibga solish bilan bog‘liq harakatlar uchun 6,4 milliard dollar ajratishni so‘ragan edi. 2022 yilda AQSH Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam sifatida 650 million dollar va gumanitar yordam maqsadida 52 million dollar ajratgan. Mamlakat 2014 yildan buyon AQSHdan umumiy qiymati 2,7 milliard dollarga teng yordam olgan.
Bundan oldin Yevrokomissiya Ukrainaga 1,2 milliard yevro ajratishni ma’qullagan, shuningdek yanvar boshida AQSH administratsiyasi Ukrainaga qo‘shimcha 200 million dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni 2021 yil dekabrida ma’qullagani, 2022 yil 1 fevralda esa AQSHdan yana 84 tonna harbiy yordam Ukrainaga yetkazib berilgani xabar qilingan.
Pentagon1, Ukraina1, Harbiy yordam1, Qurol-yaroq1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?