2 408
Estoniya hukumati o‘z fuqarolariga Rossiya va Belarus harbiylariga yordam ko‘rsatishni taqiqladi
Foto: «RIA Novosti»
Estoniya hukumati o‘z fuqarolariga Ukrainadagi harbiy operatsiyalar vaqtida Rossiya va Belarus harbiy xizmatchilariga yordam berishni taqiqladi. Mazkur taqiqni buzgan shaxslar jarimaga tortilishi yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin, deb xabar beradi «Kommersant’».
Estoniya hukumatining qaroriga ko‘ra, Rossiya va Belarus qurolli kuchlariga hamda tuzilmalariga qo‘shilish, ularga harbiy yoki harbiy bo‘lmagan yordamni ko‘rsatish yoki «boshqa tarzda ularning faoliyatida ishtirok etish» taqiqlanadi. Taqiq Estoniya hududidagi barchaga, shuningdek, uning fuqarolari va xorijdan turib Estoniyada ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslariga ham taalluqli.
«Maqsad — tajovuzkorlar tomoniga yangi odamlarni jalb qilish yoki ularga yordam ko‘rsatishning oldini olish orqali Estoniya xavfsizligini himoya qilish, shuningdek, xalqaro xavfsizlik va tinchlikni qayta tiklashni qo‘llab-quvvatlash», — deyiladi mamlakat hukumati saytida e’lon qilingan press-relizda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning buyrug‘i bilan 24 fevraldan buyon Ukrainada harbiy operatsiyalar o‘tkazilmoqda. Buning fonida G‘arb davlatlari Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishni oshirgan. Xususan, Estoniya Ukrainaga tankka qarshi Javelin raketalari va zenit qurollarini yetkazib bergan. Shuningdek, Finlyandiyaning ruxsati bilan Estoniya hukumati Kiyevga sovet davrida ishlab chiqarilgan 122 millimetrli gaubitsalarni ham yuboradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi