19:33 / 08.03.2022
1 442

Rossiyaga qo‘llangan sanksiyalar 5 532 taga yetdi (infografika)

Rossiyaga qo‘llangan sanksiyalar 5 532 taga yetdi (infografika)
Foto: «Sada El balad»
So‘nggi ikki hafta davomida Rossiyaga shunchalik ko‘p sanksiya kiritildiki, bu 2014 yilda Qrim qo‘shib olinganidan beri kiritilganlaridan ko‘p: 22 fevralga qadar Rossiyaga qarshi 2 754 ta har xil cheklov amal qilgan bo‘lsa, 22 fevraldan so‘ng kiritilganlari soni — 2 778 ta. Castellum ma’lumotlariga ko‘ra, bu raqam kattalashib bormoqda.

Hozir Rossiya — dunyoning eng sanksiyalangan mamlakati: jami 5 532 ta sanksiya.

Solishtirish uchun: Kuba — 208, Myanma — 510, Venesuela — 651, Shimoliy Koreya — 2 077, Suriya — 2 608, Eron — 3 616 ta sanksiyaga ega.

2014 yildan beri (22 fevraldan keyingilari ham qo‘shilgan) Rossiyaga eng ko‘p sanksiya qo‘llagan mamlakat AQSH — 1 194 ta sanksiya. Kanada — 908 ta, Shveysariya — 824 ta, Yevropa Ittifoqi — 766 ta sanksiya qo‘llagan.

Bevosita 2022 yilning 22 fevralidan beri kiritilgan sanksiyalar: Shveysariya — 568, Yevropa Ittifoqi — 518, Fransiya — 512, Kanada — 454, Avstraliya — 413, AQSH — 243.

Rossiyaga qarshi 22 fevraldan beri kiritilgan sanksiyalarning 2 427 tasi — jismoniy shaxslarga, 343 tasi kompaniya va tashkilotlarga, 6 tasi — kemalarga, 2 tasi — samolyotlarga qo‘llangan cheklovlar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaga qo‘llangan sanksiyalar 5 532 taga yetdi (infografika)