Foto: «Interfaks»
Zaporoje AESdagi vaziyat to‘liq Rossiya Milliy gvardiyasi nazorati ostiga o‘tdi, stansiya xodimlari shtat rejimida ishlamoqda, Ukraina ob’ektini qo‘riqlagan harbiylar qurollarini topshirgan va ular uylariga jo‘natib yuborilgan. Bu haqda «Rosgvardiya» vakiliga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, Ukraina Milliy gvardiyasi bilan muzokaralar o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijasida ukrainlar qurollarini topshirgan va stansiya Rossiya kuchlari nazorati ostiga o‘tgan. 240 ga yaqin odam, jumladan, 50 nafar ayol qurollarini topshirgan va jangovar harakatlarda ishtirok etmaslik bo‘yicha hujjatlarni imzolaganlaridan so‘ng, stansiya hududidan olib chiqilgan va uylariga jo‘natib yuborilgan.
«Ayni vaqtda stansiya shtat rejimida ishlamoqda, ob’ekt ma’muriyati o‘zining funksional majburiyatlarini bajaryapti, zarur kirish nazorati to‘liq amalga oshirilmoqda, stansiya Rossiya Milliy gvardiyasi tomonidan to‘liq nazoratga olingan», — deydi o‘zini Sergey deya tanishtirgan «Rosgvardiya» polkovnigi.
4 martga o‘tar kechasi Ukrainaning Energodar shahri o‘qqa tutilishi oqibatida Yevropadagi eng yirik — Zaporoje atom elektr stansiyasining o‘quv binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 2 ming metr maydonni egallagan bo‘lib, olov besh qavatli binoning yuqori uchta qavatini qamrab olgan. Yong‘inni o‘chirishda 40 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi ishtirok etgan va u mahalliy vaqt bilan soat 06:20 da bartaraf etilgan. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q. Yong‘in boshlangandan so‘ng Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tunda favqulodda videomurojaat yo‘llab, Yevropani «uyg‘onishga» chaqirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi AESdagi holat bo‘yicha o‘z bayonoti bilan chiqqandi. Idoraning ta’kidlashicha, Zaporoje AES 28 fevraldan buyon Rossiya qo‘shinlari tomonidan nazorat qilinmoqda, 4 martga o‘tar kechasi esa «Ukraina qo‘poruvchi guruhi» o‘quv-mashg‘ulot markazidan «Rosgvardiya» patruliga o‘t ochib, binoni yoqib yuborgan.
«Kiyev rejimining yadroviy inshootga provakatsiya uyushtirishidan maqsad Rossiyani radioaktiv ifloslanish manbasini yaratishda ayblashga urinishdir», — degan edi Mudofaa vazirligi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi